- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Yangi turdagi mahsulotlar loyiha-qidiruv tashkilotlariga namoyish etildi

7 Sep 2022
126
Kuni kecha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida “Bekobodsement” AJ tomonidan 2 turdagi (SЕM I tipidagi sulfatga chidamli portlandsement, SЕM I tipidagi beton-yo‘l qoplamasi uchun portlandsement) yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Bekobodsement” AJ rahbariyati, shuningdek respublikamizda faoliyat ko‘rstuvchi 30 dan ortiq loyiha-qidiruv tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.
Taqdimotda ushbu mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari, fizik-mexanik, fizik-kimyoviy hossalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.