Yanvar-mart oylarida 275 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturi doirasida asosan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida umumiy qiymati 495,7 mln dollar bo‘lgan 21 ta loyiha bo‘yicha joriy yilda 172,7 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 80,6 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 5,0 mln dollar bank kreditlari va 87,1 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida 21 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 275 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi.

IMG_4363.jpg

Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida 2022 yil 1-choragida 830 ta loyiha bo‘yicha 2 trln 240 mlrd so‘mlik mablag‘lar yoki rejaga nisbatan 101,9 foiz o‘zlashtirilgan, 77 ta loyiha ishga tushirilgan va 791 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

2022 yil I choragida 109 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan reja 100,6 foizga bajarildi va o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 baravarga ta’minlandi.

Joriy yilning o‘tgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Afg‘oniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Indoneziya, Gruziya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

IMG_4650.jpg

2022 yil I choragida mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 215 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan bo‘lsa, yanvar-mart oylarida belgilangan reja 102 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Joriy yilning ushbu davrida import o‘rnini bosuvchi oboy, keramik plitka, keramik sanitar-texnika buyumlari, linoleum, bezakli oyna, betonlar, qurilish eritmalari uchun qo‘shimchalar, keramogranit va shu kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish ta’minlangan.

IMG_4369.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech