- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Yanvar-mart oylarida Respublikada 5,1 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi

19 May 2023
134
2023-yil I-choragida qurilish materiallari sohasida jami 5,1 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 104,7 foizni tashkil etgan. Jumladan, o‘tgan hisobot yilida 2,5 mln tonna sement (2022-yilga nisbatan 96,7 %), 7,6 mln kv m qurilish oynasi (111,8 %), 13,0 mln kv m gipsokarton (100,0 %), 6,4 mln kv m keramik plitka (91,2 %), 400 ming o‘ram gulqog‘oz (91,3 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.
2023-yil I-choragida uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 2 158,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 100,3 foizni tashkil etdi (1-jadval). Shundan uyushma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 1692,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 111,4 foizni hamda uyushma tarkibidagi kichik biznes korxonalari tomonidan 466,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 72,2 foizni tashkil etdi.
Jumladan, 1 840,4 ming tonna sement (o‘tgan yilga nisbatan 110,7 %), qurilish oynasi – 6,7 mln kv.m 2-mm o‘lchamda (99,4 %), keramik plitka – 2,5 mln kv m (91,2 %), gipsokarton – 7,6 mln kv m (84,9 %), quruq qurilish aralashmalari – 17,9 ming tonna (51,5 %), oboy – 348 ming o‘ram (90,2 %), ohak – 18,3 ming tonna (59 %), gips – 20,2 ming tonna (51,5 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, pardozbop keramik plitka, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, bazalt armaturasi, gulqog‘oz o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yildi.