Yanvar-sentyabr oylarida soha korxonalari tomonidan 1,4 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov “Qurilish materiallari sohasida o‘tgan 9 oyda amalga oshirilgan ishlar” haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, Oxirgi besh yilda respublikada qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi natijasida, bugungi kunda ushbu tarmoq mamlakat iqtisodiyotning asosiy “drayver” sohasiga aylanmoqda.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2023-yil yanvar-sentyabr oylarida qurilish materiallari sohasida 27,9 trln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Ushbu davrda sohaning mamlakat sanoatidagi ulushi 5,9%ni tashkil etdi.

Jumladan, 59,2 mln. kv.m - gipsokarton, 11,4 mln.tonna - sement, 2,0 mln.o‘ram - gulqog‘oz (oboi), 25 mln. kv.m - keramik plitka, 240 ming tonna - ohak, 18,5 mln.dona - devorbop mahsulotlar kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarildi.

2023-yil yanvar-sentyabr oylarida soha korxonalari tomonidan 1,4 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan. E’tiborlisi, 598 ta ishga tushirilgan loyihalar bo‘yicha 14 ming 598 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Joriy yil yakuni bilan sohada jami 2 mlrd dollarlik investitsiyalar, shundan 1,2 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Xususan:

– Andijon shahrida “Everest Metall Grand” MCHJ tomonidan qiymati 10 million dollarlik yiliga 20 ming tonna issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqarish;

– Samarqand tumanida “Kayumov Stroy Invest” MCHJ tomonidan qiymati 15,7 million dollarlik yiliga 200 ming metr kub gazobeton bloklarini ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi.

Joriy yilning 9 oyida tarmoq korxonalari tomonidan 486,4 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 109,2 foizga bajarildi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Afg‘oniston, Rossiya, Belarus, Litva, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Shuningdek, eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va uyushma mutaxassislari Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Eron kabi davlatlarda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazma va forumlarda ishtirok etishmoqda.

Hisob kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda qurilish materiallari sohasida jami 35,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 115 foizni tashkil etilishi ko‘zda kutilmoqda. Jumladan, joriy yilda 17,0 mln tonna sement, 38 mln kv m qurilish oynasi, 76,0 mln kv m gipsokarton, 39 mln kv m keramik plitka, 3,2 mln o‘ram gulqog‘oz kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

2023-yilda 643 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-son qaroriga asosan 2023-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 1,8 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 131,2 foizga bajarilishi ta’minlanadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech