Yiliga 35 ming tonna bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirildi

News image

Mamlakatimizda issiqlik saqlovchi qurilish materiallariga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Shu bois, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ushbu yo‘nalishda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirish natijasida yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. Xususan, bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki, Respublikamizda shu kungacha bazalt tolasidan issiqlik saqlovchi material faqatgina “O‘zmetkombinat” AJda tayyorlanar edi. Endilikda Jizzax viloyatida ham shu turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Viloyati hokimligi va uyushma hamkorligida "Basalt Wool" MCHJ korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

1.jpg

Bu yerda yiliga 35 ming tonna bazalt tolasidan issiqlik saqlovchi qurilish materiali ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati 34,2 mln dollar bo‘lib, barcha uskunalar Yevropadan keltirilgan. Yangi korxonada 100 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020–2022 yillarda uyushma mas’ulligida yillik quvvati 125 ming tonna bo‘lgan 4 ta loyiha ishga tushurilishi rejalashtirilgan. Xususan, Toshkent viloyatida “Angren Insulation”.QK MCHJ (yillik quvvati 30 ming tonna) da shisha tolasidan issiqlik saqlovchi material ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

2.jpg

Shuningdek, Navoiy viloyatida "PETRAWOOL" MCHJ QK (umumiy qiymati 18,2 mln dollar) Toshkent shahrida "Akfa Insulation" MCHJ (yillik quvvati 30 ming tonna)larida bazalt tolasidan issiqlik saqlovchi plitalarni ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech