- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “YTONG” brendi ostidagi avtoklav gazobeton bloklari hammaga tanishmi?

11 Sep 2023
142
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan «AKFA BUILDING MATERIALS» MCHJ avtklav gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha eng yetakchilardan biri hisoblanadi. Bu yerda yiliga 500 ming metr kub gazobeton ishlab chiqariladi. Korxona to‘liq Germaniyaning “MASA GMBH”kompaniyasi texnologiyalari bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan. Korxona 2022-yilda investitsiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan. Bu yerda 150 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. E’tiborlisi, korxonada tayyorlangan mahsluotlarga nafaqat mahalliy bozorda, balki qo‘shni davlatlarda ham talab yuqori. Hozirda Qozohiston va Qirg‘iziston Respublikasi tadbirkorlari bilan shartnomalar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Gazobeton – g‘ovak (teshik-teshik) betonning bir turi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiali. Uni ba’zan “sun’iy tosh” deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida 1-3 millimetrli pufaklar mavjud bo‘lib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam, issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq g‘ishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi.1 metr kub metr g‘isht 1800-2000 kg og‘irlikka ega bo‘lsa, shu hajmdagi gazobetonning og‘irligi atigi 500-700 kg ni tashkil etadi.