Shermetov Jamshid Karimberganovich
|
|||
Boshqaruv raisining Matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi | |||
Telefon:
|
Faks:
|
Elektron pochta:
|
|
+998 55 518 80 33
|
+998 55 518 80 00
|
«O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma axborot xizmati to‘g‘risida nizom
I. Umumiy qoidalar
«O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma axborot xizmati (keyingi o‘rinlarda «Matbuot xizmati»), «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma, uning tarkibiga kiradigan korxonalarning va strukturaviy bo‘linmalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashini muvofiqlashtirish (koordinatsiya qilish) uchun tashkil topgan.
Matbuot xizmati, «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma strukturaviy bo‘linmalari, uning tarkibiga kiradigan korxonalar, hamda davlat hukumati organlari, vazirliklar, mahkamalar (idoralar) va respublikaning boshqa organlari bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Matbuot xizmati o‘zining faoliyatida Konstitutsiyaga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarorlari va boshqa aktlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma buyruqlari va farmoyishlariga.
II. Matbuot xizmatining asosiy maqsad va vazifalari
Matbuot xizmatining asosiy maqsadi quyidagicha:
- belgilanadigan axborot siyosatining shakllantirilishi va amalga oshirilishida qatnashish;
- «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma, uning strukturaviy bo‘linmalari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarkibiga kiradigan korxonalar faoliyatini axborot bilan ta'minlash;
- «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma da bo‘lib o‘tgan muhim tadbirlar to‘g‘risidagi rasmiy xabarlarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida tezkor tarzda tarqatish;
- «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma va uning korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi jamoatning ijobiy fikrlarini ommaviy axborot vositalari yordamida shakllantirish;
- Nashriyot va teleradiodasturlar, xalq va jamoatchilik bilan ishlash, hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari kanallari orqali «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma va uning korxonalari faoliyati to‘g‘risida milliy va xorijiy jamoatchilikka ma'lumot berish;
- milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan tezkor hamkorlik qilishni tashkil qilish.
III. Matbuot xizmatining asosiy maqsad va vazifalari
1. Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan press-konferensiyalar, intervyular, boshqa uchrashuvlar tashkil qilish;
2. «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma va uning korxonalari ishtirokidagi tadbirlarni yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilish;
3. Ommaviy axborot vositalarida «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma rahbariyatining chiqishlarini ta'minlash;
4. «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma va uning korxonalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan video, foto va audio materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida tarqatish;
5. Internet tarmoqlarida «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmaning veb-resurslarini yaratish, qo‘llab quvvatlash va uning samarali ishlashini ta'minlash;
6. «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmaning veb-sayti uchun voqyea-hodisalar va tadbirlar to‘g‘risidagi yangilik materiallarini tayyorlash va global Internet tarmog‘iga joylashtirishda ishtirok etish;
7. Ommaviy axborot vositalari uchun davriy tarzda xabarlar (press-relizlar, byulletenlar, qisqa ma'lumotlar) chiqarish va tarqatish;
8. «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma rahbariyati uchun, ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar va nashrlardan, hamda ma'lumotnomalar va analitik materiallardan qisqacha ma'lumot tayyorlash;
9. «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma korxonalari va mustaqil bo‘linmalariga, Axborot xizmati vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha konsultativ ko‘maklashadi.
IV. Matbuot xizmati faoliyatini ta'minlash
Matbuot xizmati o‘zining asosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqga ega:
- o‘zining vazifasini bajarish uchun kerakli materiallarni, «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmaning bo‘linmalari va uning korxonalaridan, rasmiy o‘rnatilgan tartibda so‘rash va olish;
- zarur bo‘lgan holatda, «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma rahbariyati bilan kelishgan holda, «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma va uning korxonalarining boshqa bo‘linmalaridan xodimlarni, belgilangan vazifalarni bajarish uchun mutaxassislarni jalb etish;
Axborot xizmati faoliyatini ma'lumot, xujjat, huquq, material-texnik va transport bilan ta'minlash, hamda «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushma xo‘jalik-maishiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash