Mamlakatimizda sement ishlab chiqarish, narx va sifat


PRЕSS-RЕLIZ

Hisob kitoblarga ko‘ra, joriy 2022 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini soha bo‘yicha 27,6 trln so‘mga, shu jumladan Uyushma bo‘yicha 10,5 trln so‘mga yetkazish va 110 foizga o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan.

Jumladan, joriy yilda 17,6 mln tonna sement, 32 mln kv metr qurilish oynasi, 24 mln kv metr keramik plitka, 73 mln kv metr gipsokarton, 3 mln o‘ram gulqog‘oz kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2022 yilda umumiy qiymati 950 mlrd so‘mlik 17 ta loyiha bo‘yicha qurilish materiallari ishlab chiqarish va shuning hisobiga import hajmi 86 mln dollarga qisqartirish rejalashtirilgan.

Xususan, 207,6 mlrd so‘mlik keramik plita va keramogranit, 208 mlrd so‘mlik bezakli va float-oyna, 93,4 mlrd so‘mlik gulqog‘oz, 60 mlrd so‘mlik gazobeton bloklari, 15,6 mlrd so‘mlik sanitar-texnik buyumlar va shu kabi boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, import hajmini o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga yoki 200 mln dollarga pasaytirish maqsad qilingan.

Eng muhimi, 2022 yilda investitsiya yo‘nalishi bo‘yicha ham izchil ishlar amalga oshiriladi. Xususan, tarmoq bo‘yicha jami 1 mlrd 400 mln dollarlik, shu jumladan 1 mlrd 160 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Shundan, Uyushma bo‘yicha Investitsiya dasturiga asosan 369,4 mln dollarlik 12 ta loyini ishga tushirish va 1035 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga 2022 yilda 600 mln dollarlik, jumladan, 461 ming tonna sement (20 mln dollar), 80 mln dollarlik PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlar, 30 mln dollarlik Quruq qurilish qorishmalari va sement mahsulotlari, 15 mln dollarlik qurilish xizmatlari va boshqa turdagi qurilish materiallari eksporti amalga oshiriladi.

Sement ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumot beradigan bo‘lsak, Respublika bo‘yicha 2021 yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 14,2 mln tonnani tashkil etib, o‘tgan 2020 yilga nisbatan 13 foizga o‘sish ta’minlandi.

2022 yilda yillik quvvati 2,25 mln. tonnaga teng 3 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodlari Toshkent, Andijon va Namangan viloyatlarida ishga tushiriladi. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha sement ishlab chiqarish quvvatlari 21,3 mln.tonnani tashkil etadi.

2022 yilda markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlar qurilishiga o‘rtacha birja kotirovka narxlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 227 ming tonna sement xarid qilingan.

E’tiborlisi, 2021 yilda 128,3 mln dollar, 2,7 mnl tonna sement import qilingan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 2 foizga (130,8 mln. dollar) kamaygan.

Yana bir ma’lumot, 1-chorakda birja savdolarida bir tonna portland sement o‘rtacha 555 ming QQS bilan) so‘mdan sotilgan.

2022 yilning 2 oyligida 6,4 mln. dollarlik 410 ming tonna sement eksport qilindi. Birja savdolari orqali 1 mln 355 ming tonna sement sotilishi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun: 1-chorakda tabiiy gaz tanqisligi kuzatildi va 2022 yilning 31 mart holatiga ko‘ra, 1 tonna sementning o‘rtacha narxi 583 ming so‘mni tashkil etdi.

2022 yilda "Qizilqumsement" AJ tomonidan umumiy qiymati 137 mln dollar bo‘lgan yillik quvvati 1 mln 800 tonna klinker ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, "Eko sement" MCHJ, "Namangansement" MCHJ (II-bosqich), "Qarshi konch sement" MCHJ, "Shaffof sement sanoati" MCHJ va Factory cement" MCHJda (1-bosqich) kabi sement loyihalari o‘z faoliyatini boshlaydi.

2022-2023 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning manzilli ro‘yxatiga ko‘ra Andijon viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqandda 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Farg‘ona viloyatida esa 2 ta yangi sement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan.

Shuni alohida qayd etish kerakki, joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidantining PQ-139-sonli “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 martdan boshlab barcha yuridik shaxslarga sement,sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat beriladi. Shuningdek, 2024 yil 1 yanvarga qadar Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish harajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2016 yil yakuni bilan Respublikamizda 8,6 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. 2021 yilda esa bu ko‘rsatkich hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish, sohaga ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar, qabul qilingan qarorlar natijasida 14,2 mln tonnaga yetkazildi. Yillik ishlab chiqarish quvvatlari esa 21,3 mln tonnani tashkil etdi. Shu jumladan mamlakatimizda yuqori markali sement ishlab chiqarishga ham alohida e’tibor qaratildi.



Press-relizlar
Yuklab olish
Hajmi: 150.83 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech