“Kvarts” AJ



Rahbar:

VVB Boshqaruv raisi
Buriyev Akmal Ibragimovich

E-mail:


Manzil:

150900. O'zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati, Quvasoy sh., Mustatsillik ko'ch., 2 a.

Ссылка:


Telefon:


Faks:

0(373) 373-37-14

“Kvarts” AJ list ko'rinishdagi rangli, qoraytirilgan va toblangan oyna, shisha bankalari va butilkalarni ishlab chiqish bo'yicha Markaziy Osiyo hududidagi eng katta korxonalardan biri hisoblanadi. Korxona 1975 yilda ishga tushirilgan. Korxona mahsudotlari ichki bozorni to'liq ta'minlaydi va ko'plab xorijiy mamlakatlar - Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Afg'onistonga eksport qilinadi.

Korxona hududida 5 ta asosiy va 9 ta yordamchi ttsexlar joylashgan:

MVP 1-uchastkasi – shisha banka ishlab chiqarish ttsexi. Shisha tarasi belgilangan tarkibdagi shixtani eritish va mahsulot qolipini shakllantirish yo'li bilan shisha massadan tayyorlanadi. Liniyaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 219 mln. donani tashkil etadi.

MVP 2-uchastkasi – butilka ishlab chiqarish ttsexi. Shisha tarasi belgilangan tarkibdagi shixtani eritish va mahsulot qolipini shakllantirish yo'li bilan shisha massadan tayyorlanadi. Liniyaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 33,9 mln. donani tashkil etadi.

MVP 3-uchastkasi – butilka ishlab chiqarish ttsexi. 2005 yilda "Emxart" (Germaniya) kompaniyasi uskunasi asosida yangi liniya ishga tushirildi. Rekonstruktsiya ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 120 mln. donaga yetkazish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkonini beradi.

Silliq list oynasi ishlab chiqarish ttsexi. Ttsex 1996 yilda qurilgan. Eng zamanoviy va ilg'or bo'lgan usul, ya'ni shisha lentasini metallni eritish asosida termik shakllantirish usuliga asoslangan. Shisha tayyorlash pechkasining quvvati – sutkasiga 200 tonna. 2002 yilda silliq list oynasini ishlab chiqarish jarayoni "Tekint" (Italiya) firmasining ishtirokida modernizatsiya qilindi, natijada liniyaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 mln. kv. m ni tashkil etdi. Qayta qurish ishlab chiqarish hajmini oshirish va ishlab chiqarilayotgan oyna sifatini oshirish imkonini berdi.

Ishlab chiqarilayotgan M1, M2, M3 va M4 markadagi arxitektura-qurilish oynalari romlar, vitrajlar, mebellarni oynalash, yerda harakatlanadigan transportga toblangan oynalar uchun ishlab chiqariladi. Oyna 800x1300 mm, 1300x1600 mm, 2000x3000 mm va xaridor bilan kelishilgan o'lchamlarda ishlab chiqariladi. Oynaning qalinligi 2 mm dan 10 mm gacha.

Me'yorlash-aralashtirish ttsexi – xom-ashyoni qayta ishlash va belgilangan kimyoviy tarkib bo'yicha shixta tayyorlashga va uni shisha tayyorlash pechlariga uzatishga xizmat qiladi.

Yordamchi ttsexlar

Metall shakllar ttsexi – shisha taralar uchun metalldan turli shakllar komplektlarini tayyorlash uchun xizmat qiladi.

Atmosfera muhofazasi stantsiyasi – belgilangan tarkib, ko'rsatkich bo'yicha azotli vodorod aralashmasini tayyorlash va silliq shisha tayyorlash uchun yuborishga xizmat qiladi.

Qadoqlash materiallari ttsexi – list oynalarini qadoqlash uchun yog'och yashiklarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Markaziy zavod laboratoriyasi – shixtaning to'g'ri tayyorlanishi, shisha tara va silliq list oynasini tayyorlash uchun shisha tarkibining to'g'riligini aniqlaydi.

Texnik nazorat bo'limi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotni nomativ hujjatlar talablariga mos kelishi yuzasidan sinovdan o'tkazadi. “Kvarts” OAJ sinov bo'limi O'zbekiston Respublikasi Davlat standarti tomonilan akkreditatsiyadan o'tkazilgan. Korxonada ISO 9001: 2000 Xalqaro standartlarga mos ravishda sifat menedjmenti tizimi joriy etilgan va sertifikatlangan. Sertifikatsiya organi RW TUV (Germaniya) tomonidan sertifikatsiyaning ijobiy natijasi to'g'risida rasmiy tasdiq olingan.

Nazorat-o'lchov asboblari ttsexi – ishlab chiqarish protsesslarini nazorat etishga qaratilgan bo'lib boshqaruvning yangi avtomatlashtirilgan tizimi orqali ta'minlanadi.

Transport ta'minoti

Korxonada 4 ta transport bo'linmasi faoliyat yuritadi:

  • temir yo'l (teplovozlar);
  • avtomobil` (yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar);
  • yuk ko'targichlar (elektr va avto karlar, yuklovchi mashinalar);
  • kichik mexanizatsiya uchastkasi (traktorlar, avtokranlar, yo'l-ta'mirlash texnikasi).

Mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom-ashyo manbalari:

  • Kal`tsiy sodasi – O'zbekiston;
  • Kvarts qumi – O'zbekiston;
  • Natriy sul`fati – O'zbekiston;
  • Dala shpati – O'zbekiston;
  • Dolomit – O'zbekiston;
  • Ohak – O'zbekiston.

“Kvarts” OAJ mahsulotlari Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'onistonga eksport qilinadi.

Korxonada ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratiladi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash va assortimentini ko'paytirish maqsadida 2008 yilda korxona tomonidan quyidagi yangi xildagi uskunalar xarid qilindi va o'zlashtirildi:

  • MA-5V\40 NE NAAS markadagi beshta koordinatli frezer qayta ishlov berish markazi;
  • Juhger US-450 markadagi universal qayroqlash stanogi;
  • Finnsonic MO 170\IV markadagi ul`tratovush tozalash stanogi. Asbob mahsulotlarga logotiplarni tushirgan holda murakkab konfiguratsiyadagi shisha taralarning shakl komplektlarini va yuqori aniqlikdagi detallarni tayyorlash imkonini beradi.

2010 yilda «Kvarts» AJ massasida bo'yalgan mis oynalarni ishlab chiqarishni o'zlashtirdi. Avval bunday oyna respublikaga Xitoy, Rossiya, Turkiyadan keltirilar edi, bu esa katta miqdorda valyuta mablag'larini sarf qilish bilan bog'liq edi.

Keyingi yillarda zamonaviy qurilmalarni o'zlashtirilishi natijasida korxona tomonidan yuqori sifatli jahon standartlariga mos keluvchi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoni tug'ildi. Buning natijasi o'laroq, korxona biznesdagi benuqson obro'yi va mahsulotining yuqori sifati uchun “G'alaba chambaragi” va “Oltin sirtlon” kabi xalqaro mukofotlarni qo'lga kiritdi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 1.23 MB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech