- Главная
- Biz haqimizda
- Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarining bazasi
- "Ohangaronshifer" AJ
E-mail:
Manzil:
Telefon:
Faks:
1961-yilda Ohangaron sement zavodi ishga tushgach, asbosement to'lqinli shifer ishlab chiqarish asosiy masala qilib qo'yildi. 1963-yil 16 dekabrda konveyerdan BO tipidagi birinchi asbosement varaqlari ishlab chiqarildi. Oradan ikki yil o'tib, 1965 yilda shifer sexida УВ tipidagi boshqa turda shifer tayyorlovchi yana ikki tehnologik liniya ishga tushirildi. 70-yillarda esa shiferchilar CB-40 turkumidagi yirik hajmdagi yangi shifer ishlab chiqarishni o'zlashtirdilar. Shu yillarda asbosement quvurlari tayyorlashni yo'lga qo'yish maqsadida CM-871 quvur tayyorlash mashinalari o'rnatildi.
2003-yilda korxonada cherepitsa ishlab chiqarish, Azbozurit chiqindilaridan preslangan g'isht ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
2002-2009 - yillarda deyarli barcha tehnologik liniyalar qaytadan yangilandi va jihozlandi. Korxonada keng ko'lamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ma'muriy, tijorat binolari, favvoralar korxona husniga husn qo'shdi. 2005-yilda kompressor sexi, 2007-yilda qozonxona qurilib ishga tushirildi, bu o'z o'rnida korxonani iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash bilan birga, ortiqcha xarajatlarni qisqartirishga erishildi.
Bugungi kunda korxonamizda 243100 ming shartli plita(shifer), 955 shartli kilometr asbosement quvurlar, 700 ming dona keramik cherepitsa ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan tehnologik liniyalar ishlab turibdi. Korxonada amalga oshirilgan tehnologik liniyalarni modernizatsiya qilish, ish jarayonlarini avtomatlashtirish natijasida, korxona 2008-yildan asbosement shifer ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 100% ga erishildi.
"Ohangaronshifer" AJda hozirgi kunda quyidagi mahsulotlar ishlab chiqariladi:
- GOST 30340-95 bo'yicha to'lqinli va tekis asbestosement shiferlar. Bu mahsulot korxonada 1963 yildan ishlab chiqariladi. 2007 yilgacha to'lqinli va tekis asbestosement varaqlar ishlab chiqarish bo'yicha o'rnatilgan yillik ishlab chiqarish quvvati 206800 mshp yoki 10187192 dona shifer mahsulotiga teng. Yangi tehnologik tizimni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida 2007 yildan korxonamizning shifer mahsulotini ishlab chiqarish yillik quvvati 243,1 million dona shartli plitaga yoki 11975369 dona shifer mahsulotiga yetdi. Texnologik jarayon TI 21-14847788-01:2001 o'rniga kiritilgan 2006 yil 29 dekabrda O'zbekiston Davarxitektqurilish qoshidagi Respublika standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi bilan kelishilgan holda korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan TI 21-14847788-01:2007 "To'lqinli va tekis profildagi asbestosement shiferlar ishlab chiqarish tehnologik yo'riqnomasi" bo'yicha nazorat qilib boriladi;
- bosimsiz (GOST 1839-80 bo'yicha) va bosimli (GOST 539-80 bo'yicha) asbestosement quvurlar va ulagichlar. Bu mahsulot korxonada 1970 yildan ishlab chiqariladi. Korxonaning bosimsiz va bosimli asbestosement quvurlar va ulagichlar ishlab chiqarish yillik quvvati 955 shartli kilometrga teng. Tehnologik jarayon TI 21-14847788-03:2005 o'rniga kiritilgan 2006 yil 29 dekabrda O'zbekiston Davarxitektqurilish qoshidagi Respublika standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi bilan kelishilgan holda korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan TI 21-14847788-03:2007 "Bosimsiz (GOST 1839-80 bo'yicha) va bosimli (GOST 539-80 bo'yicha) asbestosement quvurlar va ulagichlar ishlab chiqarish tehnologik yo'riqnomasi" bo'yicha nazorat qilib boriladi;
- asbestosement chiqindilaridan foydalanish asosida devorbop ashyolar (presslangan g'ishtlar KST 21-26:2005 bo'yicha). Bu mahsulot korxonada 2002 yildan boshlab chiqariladi. Tehnologik jarayon 2006 yil 20 dekabrda korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan TI 21-14843788-06-2006 "Asbosement ishlab chiqarish chiqindilaridan tayyorlangan devorbop ashyolar ishlab chiqarish tehnologik yo'riqnomasi" bo'yicha nazorat qilib boriladi.
Asbestosement quvurlar va muftalar tayyorlash quyidagicha amalga oshiriladi: asbest ikki bosqichda titkilanadi (begun va gidrotitkichda), suv bilan aralashtirilgach asbestli suspenziyani sement bilan aralashtiriladi, quvur qoliplash mashinasida qoliblanib quritish konveyerida quritiladi va suv basseynlariga joylashtirilib suvga to'yintiriladi. Keyin maxsus qurilmalarda ishlov berilishi natijasida quvurlar tovar quvurlarga va ulagichlarga aylantiriladi.
Asbestosement ashyolar ishlab chiqarish jarayonida quyidagi hom-ashyo va materiallar ishlatiladi:
- GOST 10178 bo'yicha portlandsement 400-DO-N;
- GOST 12871 bo'yicha xrizotil asbest;
- RST Uz 818 bo'yicha texnik suv;
- GOST 2874 bo'yicha ichimlik suvi;
- TU 13-0281151-20 bo'yicha rangli metal va karroziyaga chidamli po'lat qorishmasidan tayyorlangan simlardan yasalgan №24 raqamli to'r;
- TU 13-0281036-06 bo'yicha rangli metal va maxsus karroziyaga chidamli po'lat qorishmasidan tayyorlangan simlardan yasalgan №2 raqamli to'r;
- TU 17 RSFSR 42-10692 bo'yicha IKSH markali yarim sherst aralash igna o'tkazuvchi tehnik sukno;
- TU 17 RSFSR 59-6937 bo'yicha SPSH markali yarim sherst aralash tehnik sukno;
- GOST 857 bo'yicha xlorid kislota;
- GOST 21930 bo'yicha pripoy POS-40.
Hamma turdagi asbestosement mahsulotlarga "Ohangaroshifer" AJ ning murojatiga asosan "Toshqurilishmateriallari" LITI tomonidan, korxonada erishilgan natijalarga binoan asosiy va qo'shimcha hom-ashyo va materiallarning shartli birlikka nisbatan ilmiy asoslangan me'yorlarining ishlab chiqilishi me'yorlarning o'zgarishiga sabab bo'lgan.
Korxonamiz tomonidan har yili O'zbekistonda o'tkazib kelinadigan "Sanoat-qurilish yarmarkasi"da ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan faol qatnashib keladi.