“Ohangarontsement” AJ



Rahbar:

Bosh direktor
Usolsev Yuriy Aleksandrovich

E-mail:


Manzil:

110300, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Ohangaron sh., Sanoat zonasi.

Ссылка:


Telefon:


“Ohangarontsement” aktsiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahridan 50 km uzoqlikda Toshkent viloyatining Ohangaron sanoat zonasida joylashgan.

Korxona respublikada sement ishlab chiqaruvchi eng yirik zavodlardan biri bo'lib hisoblanadi. Korxona 1961 yil 27 dekabrda ishga tushirilgan va mahsulot berishni boshlagan. 1994 yilda korxona ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 1200 ga yaqin ishchilar, xizmatchilar va muxandis-texnik personal mehnat qiladi.

Korxonaning asosiy ishlab chiqarish bo'limlari quyidagilar hisoblanadi:

  • tog' kompleksi, shu jumladan sof tuproq (lyoss) qazib chiqarish tsexi;
  • xom-ashyolarni silliqlash bo'limi;
  • klinkerni yoqish bo'limi;
  • tsement silliqlash bo'limi;
  • yuk va markali qoplarga tsement qadoqlangash bo'limi.

Korxona normal faoliyat yuritish uchun, shuningdek 20 dan ortiq yordamchi tsexlar va bo'limlardan tashkil topgan.

Korxonaning tarkibiga temiryo'l stantsiyasi, avtokorxona, ta'mirlash-futerovka korxonasi va kapital qurilish boshqarmasi kiradi.

Korxonaning mahsuloti yuqori sifatga ega va ichki hamda tashqi bozorda korxona mahsulotlariga talab katta. Korxona mahsulotlari Markaziy Osiyo mintaqasining qo'shni davlatlari eksport qilinadi. Korxonada ISO 9001:2015 xalqaro standartiga asosan sifat menedjmenti tizimi joriy etilgan.

Korxona amaldagi davlat standartiga asosan quyidagi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi:

1) Sementlar:

- portlandtsement, markasi 500 minimal qo'shimchalarsiz - PTS 500 D0-N

- portlandtsement, markasi 400 minimal qo'shimchalarsiz- PTS 400 D0-N

- portlandtsement, markasi 400 aktiv mineral qo'shimchasi bilan -PTS 400-D20

- shlakoportlandtsement, markisi 400 – SHPTS 400

- putstsolan portlandtsement PPTS 400

- portlandtsement, markasi SEM II/A

- portlandtsement, markasi SEM IY/A

2) O'tga chidamli mahsulotlar:

- o'tga chidamli g'isht, markasi SHUS-3, 200x150x100x98;

- o'tga chidamli g'isht, markasi SHUS-4, 200x150x65x75;

- o'tga chidamli g'isht, markasi SHUS-7, 230x150x90x100;

- o'tga chidamli g'isht, markasi SHUS-9, 300x150x65.

3) Qurilish materiallari va konstruktsiyalari kombinatining mahsulotlari:

- keng assortimentdagi ko'pbo'shliqli temirbeton yopma plitalari;

- qovurg'ali temirbeton plitalar:

- havo elektruzatish liniyalari uchun temirbeton ustunlar;

- temir beton to'siq panellari;

- to'siqlar uchun temir betonli stakan xilidagi fundamentlar;

- temir temon toshlar;

- devor halqalari KS-10-9;

- quduqlar uchun plitalar PO-10;

- turli assortimentdagi yerto'la beton devorlari bloklari;

- temirbeton ariqlar (lotoklar);

- turli markalardagi og'ir beton;

- turli markalardagi beton qorishmasi;

- qurilish eritmasi.

Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlar sertifikatlangan.


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech