«Qizilqumsement» AJ



Rahbar:

Bosh direktor vazifasini bajaruvchi
Melnikov Sergey Nikolayevich

E-mail:


Manzil:

2010103, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy sh., Navoiy ko'ch 3.

Ссылка:


Telefon:


Faks:

+99879 223-05-66

«Qizilqumsement» aktsiyadorlik jamiyati Navoi shahridan 7-8 km masofada janubi-g'arbda va Toshkent-Samarqand-Buxoro magistral` yo'ldan 3 km uzoqlikda joylashgan.

Amaldagi uchta liniyaning tasdiqlangan loyiha quvvati yiliga 3 mln.80 ming tonna sement ishlab chiqarishni tashkil etadi.

Hudud rel`efi – shimolga qarab pasayib boradigan tog' oldi hisoblanadi. Hudud iqlimi reskin-kontinental, harorat -24 darajadan +47 darajagacha o'zgarib boradi. Zavod quyidagi xom-ashyo bazasiga ega: ohak kar`eri sanoat maydonidan 7 km va slanetslar kar`eri esa zavoddan 3 km masofada joylashgan. Ohak va slanetslar kondan og'ir yukli avtoulovlarda parchalash bo'limlariga olib kelinadi. Yanchilgandan keyin ohak va slanetslar zavodga uzunligi 5,5 km bo'lgan magistral` tasma konveyeri orqali yetkaziladi.

Korxonada hozirgi kunda 2300 ta ishchi ishlaydi. 1977-1978 yillarda 6,4/7 m diametrli pechkasi aylanib aylanib turadigan uzunligi 95 metr birinchi va ikkinchi texnologik liniyalar ishga tushirildi, 1989 yilda pechkasi aylanib turadigan diametri 4,5 m uzunligi 97,5 m bo'lgan reaktorli – dekarbonizatorli uchinchi texnologik liniya ishga tushirildi.

Har bir aylanib turadigan pechkaning loyiha quvvati sutkasiga 3000 t klinker ishlab chiqarishni tashkil etadi. Xom-ashyo tsexi diametri 4,2 m sakkizta xom-ashyo tegirmoni va uzunligi 1.0 m havo o'tuvchi separatorlar bilan jihozlangan. “Yanchish” tsexi diametri 4,0 m va uzunligi 13,5 m bo'lgan oltita sement tegirmonidan iborat.

Portlantsement ishlab chiqarish jarayoni quyidagi asosiy texnologik jarayonlardan iborat:

1. Xom-ashyo materiallarini qazib chiqarish va ularni zavodga yetkazish;

2. Xom-ashyo materiallarini yanchish, o'lchash va maydalash;

3. Xom-ashyo aralashmasini tayyorlash va to'g'rilash;

4. Aralashmani kuydirish (klinker olish);

5. Klinkerni qo'shimchalar bilan yanchish (sement olish).

Tashqaridan olib kelinadigan xom-ashyo materiallari:

- kul shlaklari, tarkibida temir bo'lgan qo'shimchalar;

- sementga qo'shimcha sifatida tashqaridan olib kiriladigan tabiiy gips va glej qo'llaniladi.

1961 yilda sementni qoplarga qadoqlaydigan “Xaver” liniyasi hamda quvvati yiliga 250 ming t qoplarga qadoqlangan sementni vagonlar va avtomobillarga yuklaydigan qurilma ishga tushirildi.

1998 yilning martida quvvati yiliga 250 ming t bo'lgan Yaponiya hukumatining granti asosida sotib olingan «Mellers» sementni qoplarga qadoqlaydigan ikkinchi liniya ishga tushirildi.

1998 yilda o'z mablag'lari hisobidan yillik loyiha quvvati 200 ming t bo'lgan mahalliy mineral qo'shimchalarni termik aktivlash liniyasining loyihasi ishlab chiqildi, qurildi va ishga tushirildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida avvallari import asosida olib kelinadigan sementga qo'shiladigan qo'shimchalarni qisman almashtirish imkoni yuzaga keldi.

Korxonada 2001 yilda neft`-gaz quduqlarida ishlatiladigan tamponaj sementini ishlab chiqarish o'zlashtirildi.

Korxonada quyidagi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi:

- Portlandtsement – GOST 10178-85

- Sul`fatga chidamli portlandtsement O'zbekiston Davlat standarti -22266-94

- Tamponaj portlandtsement- GOST -15.81-96

- Qurilish shag'ali – GOST 8267-97

- Devorbop beton toshlar –GOST 6133-99

- Yerto'la uchun beton bloklar-O'zbekiston Davlat standarti 778-97

- Yo'lakchalar uchun beton plitalar-O'zbekiston Davlat standarti 712-96

Korxonada RWTUV № 04100 20050368 sertifikati bilan tasdiqlangan ISO 9001:2000 xalqaro standartiga asosan sifat menedjmenti tizimi joriy etilgan.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 12.17 MB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech