Asbest sement quvurlar

Mahsulotning mazkur turi quvurlar shakllantiradigan mashinalarda shaklga keltirish orqali ishlab chiqariladi. Uning asosiy komponenti mineral` to'ldiruvchi – sement yelimi bilan bitta yagona monolitga sementlashtirilgan asbestdan iborat.

Bunda oddiy metall quvurlari bilan solishtirganda, asbest sement  quvurlari bir qator ustunliklarga ega - og'irligi bo'yicha yengil, arzon, metall quvurlarga odatda xos bo'lgan elektr tokidan hosil bo'luvchi korroziya tufayli buzilishga chidamli, negaki ular minerallashgan suvlarning ta'siriga ancha chidamli bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, suvning

ushbu quvurlar devorlariga ishqalanishi metall trubalarga nisbatan kam, bu esa ularning o'tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi. Shuningdek, asbest sement quvurlarining issiqlikni o'tkazmaslik qobiliyatini aytib o'tish lozim, bu esa ularni iichidagi suvning muzlab qolishidan qo'rqmasdan cho'yan quvurlarga nisbatan kam chuqurlikda o'tkazish imkonini beradi.

Shuningdek, asbest sement quvurlaridan sanoat va turar-joy binolarida kanalizatsiya quvurlarini o'tkazishda, mo'rilar va axlat tashlash uchun quvurlar, turli xil drenaj kollektorlari, elektr energiyasi va telefon aloqasi kabellari, devorlar uchun tayanch sifatida foydalanish mumkin.

Beton aralashmalari va qurilish eritmalari “Ohangarontsement” OAJ qurilish materiallari va konstruktsiyalari kombinati yuqori sifatli beton va eritmalarni taklif etadi



Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech