Gips va undan yasalgan mahsulotlar hammaga ma'lum. Arxitektura, meditsina va albatta, qurilishda ham ishlatiladigan eng qadimiy mineral hisoblanadi Qurilishda qurilish gipsi ishlatiladi, bu turdagi mahsulot mayda kukun holida bo'lib, u gips toshidan, uni kuydirish va keyinchalik yanchish orqali olinadi. Qurilish gipsining bir qator xususiyatlarini aytib o'tish lozim: issiqlikni kam o'tkazishi, kichik massasi va hajmi, tovushni o'tkazmasligi, qotganda xid chiqarmasligi, shuningdek ekologik toza mahsulot hisoblanadi, negaki uning tarkibida zararli moddalar yo'q va zararli moddalarni chiqarmaydi, shuningdek havo o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega.
Qurilish gipsidan binolar devorlari, shifrlarni suvashda, shu bilan birga turli mahsulotlarni – gipsokarton, quruq qurilish aralashmalari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.