Bikrom – sifatli mahsulot bo'lib, tom yopish uchun qimmat bo'lmagan mahsulot hisoblanadi.
Undan foydalanish uchun qimmatbaho qurilmalardan foydalanish talab etilmaydi. Shu bilan bir vaqtda, bu mahsulot ancha ishonchli. Kichik nishabdagi tomlarga o'rnatish va ularni ta'mirlash, shuningdek to'sib turuvchi tizimning ishonchlilik darajasiga katta talablar qo'yilmagan holda binolar va inshootlarni gidroizolyatsiya qilish uchun ishlatiladi.
«ALES-POLIZOL SINTEZ» MCHJ tomonidan ushbu mahsulot tikilmagan matoli shisha paxta asosida (BIKROM TF BIKROM TK yoki BIKROM XP) yoki qoplamali mato setka bilan shishaxolst (BIKROM XP), polmer plyonka (tomning pastki qismlarini gidroizolyatsiya qilish uchun), zar qog'oz bilan qoplangan holda yoki kul rangdagi yirik donali sochma (tomning yuqori qismi uchun) tarzda ishlab chiqarilishi mumkin. Asosiga modifikatsiyalangan bitum va to'ldiruvchi bo'lgan bitum bog'lamasi suriladi.
BIKROM eski tomlarni ta'mirlashda uning yuzasini gorelkadan chiqadigan olov bilan eritish orqali bitta qatlamda surish orqali, yangi tom yopilganda esa yoki kapital remon qilinayotgan holda ikki marta suriladi. Eritish vaqtida bikrom yuzasining bitta joyiga qarata uni qizdirishga yo'l qo'yilmaydi, negaki bu narsa bikrom yuzasining yonib ketishiga olib keladi.
Faqatgina ustki qatlam qizdiriladi, bunda gidroizolyatsiya qatlamining barcha qalinlikdagi qismining erib ketishiga yo'l qo'ymaslik lozim.