Poliizol

Polizol – o'zining asosiy funktsiyasi-binolarni suvdan saqlashni a'lo darajada bajaruvchi mahsulot hisoblanadi. Laboratoriya tadqiqotlari va undan foydalanish tajribasi natijalari POLIIZOLning mustahkamligi va ko'pga chidamliligini tasdiqlamoqdalar.

Poliizol – tomga yopish va gidroizolyatsiya uchun qizdirib yotqiziladigan turdagi mahsulot. U chirimaydigan (karkasli shishamato) asosga ega bo'lib, unga yuqori sifatli SBS (stirol- butadien-stirol) va APP (atoktik polipropilen)-modifikatsiyalangan bitum polimer bog'lovchisi surtilgan. SBS va APP materialga yuqori fizikaviy va mexanik xususiyatlarni berib, poliizol bilan yopilgan tomlarning uzoq muddat turli haroratda  mustahkamligini ta'minlaydi.

Material turli foydalanishdagi bino va inshootlarning tomini yopish,  fundamentlarini, ko'priklar, tonnellarni gidroizolyatsiya qilish uchun ishlatiladi. Poliizol ham yangi tomlarni yopishda, ham eski tomlarni ta'mirlashda birdek ishlatilishi mumkin.



Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech