Quruq qurilish aralashmalari

Avvallari quruq qurilish aralashmalari tushunchasi amaliyotdan ko'ra, nazariyotda ko'proq uchrar edi. Bugunga kelib zamonaviy qurilishni bu turdagi mahsulotlarsiz tasavvur etish qiyin.

Quruq aralashmalar an'anaviy eritmalar va betonlardan yuqori ishlab chiqarish quvvati, bajariladigan qurilish ishlarining madaniyati va sifatini ta'minlash orqali ajralib turadi.

An'anaviy eritmalar va betonlar bilan solishtirganda quruq aralashmalar bir qator quyidagi ustunliklarga ega: quruq qurilish aralashmalarini ishlatishga tayyorlash uchun minimal operatsiyalar yetarli-ularni suvda eritsa, shuning o'zi kifoya; eritmalardan chiqadigan chiqindilarning kamligi; komponentlarni aniq me'yorlash va ularni samalari aralashtirish natijasida quruq qurilish aralashmalari tarkibining turg'unligi; quruvchilar ish samaradorligining ancha ortishi, shuningdek transport harajatlarini qisqartirish va sermashaqqat texnologik protsesslarning qisqarishi va bir vaqtning o'zida ish sifatining o'sishi.



Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech