- Главная
- Faoliyat
- Mahsulotlar
- Devorbop materiallari
- Ecoplit fibrosement panellar

Ecoplit fibrosement panellari – bu zamonaviy, mustahkam va ekologik xavfsiz qoplama materiali bo’lib, qurilish va bezatish sohalarida keng qo’llaniladi. Panellar yuqori sifatli sement, kvarts qumi, sellyuloza tolalari va mineral to’ldiruvchilardan tayyorlanadi, bu ularga yuqori mustahkamlik, namlikka chidamlilik va uzoq vaqt xizmat qilishni ta’minlaydi. Panellar o’lchami: 3000 × 1200 mm, bu ularni katta yuzalarga o’rnatishda qulay qiladi.
Ecoplit fibrosement panellarining afzalliklari
Mustahkamlik
Panellar yuqori mexanik mustahkamlikka ega 18 MPa, bu ularning uzoq umr ko’rishi va tashqi shikastlanishlarga chidamliligini kafolatlaydi.
Yong’inga xavfsizlik
Yonmaydigan materiallardan tayyorlangan, NG sinfi, yong'inga chidamli. 240 daqiqadan ortiq olov ta’siriga bardosh bera oladi, bu esa yong’in holatida ishonchli himoyani ta’minlaydi.
Sovuqqa chidamlilik
Panellar -50°C dan +70°C gacha bo’lgan ekstremal haroratlarga bardosh bera oladi va 150 marta muzlash va erish sikllaridan muvaffaqiyatli o’tadi, bu ularni har qanday iqlim sharoitlarida o'z sifatini yo'qotmasligini ta'minlaydi.
Namlikka chidamlilik
Material namlik bilan aloqa qilganda shishmaydi, mog’or va chirishga chidamli. Bu esa yuqori namlikka ega xonalar ideal tanlov.
Ekologik tozalik
Ecoplit fibrosement panellari tarkibida asbest mavjud emas. Panellari qat’iy ekologik standartlarga mos keladi, bu esa inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfsizlikni ta’minlaydi.
Yengil vazn
Panellarning nisbatan yengil vazni ularning o’rnatilishini osonlashtiradi, yuk ko’taruvchi konstruksiyalarga yukni kamaytiradi va montajni qulay va tez qiladi.
Qo’llanilish sohalari
Ecoplit fibrosement panellaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
• Binolar fasadlari – tashqi qoplama uchun zamonaviy va uzoq muddatli yechim.
• Interyer – tijorat, turar joy va jamoat joylarida devorlar va to’siqlarni bezash.
• Ijtimoiy obyektlar – shifoxonalar, maktablar, savdo markazlari va boshqa muassasalar.
• Ishlab chiqarish binolari – sanoat binolarining devorlari, to’siqlari va qoplamasi uchun ishonchli material.
Loyihangiz uchun tez va ishonchli yechim
Ecoplit kompaniyasi yuqori sifatli fibrosement panellarini qulay narxlarda taklif etadi, bu esa obyektlaringizning mustahkamligi, xavfsizligi va estetik jozibadorligini ta’minlaydi. Ecoplitni tanlab, siz qurilish va bezatish uchun uzoq muddatli yechimga ega bo’lasiz!
Kompaniya haqida
“ECOPLIT” kompaniyasi “INNO PANEL” zavodining eksklyuziv dileri hisoblanadi. Ushbu zavod interyer va fasad uchun yuqori sifatli fibrosement panellarni ishlab chiqaradi. “INNO PANEL” – texnologiyasi va ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha MDH mamlakatlarida yagona hisoblanadi. Uning quvvati yiliga 5 000 000 kv. metrdan oshadi. Bugungi kunda ECOPLIT brendi nafaqat O‘zbekistonda, balki MDH mamlakatlari va xorijda ham zamonaviy fasad va interyer panellarini taklif etuvchi yetakchi kompaniya sifatida tanilgan.
Kompaniya ofis manzili: Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 50A
Aloqa raqami: +998 88 875 63 33