Sanoat chiqindisi asosida pishirilmagan g'ishtning tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish

Yonilg'i kul shlak chiqindilari ma'lum gidravlik avtivlikka ega. Shunga ko'ra, maydalangan yonilg'i kul shlak chiqindilari maxsus aktivatorlar yordamida normal sharoitlarda yoki issiq nam sharoitda (bug'langanda) qayta ishlanganda yuqori pishiqlik ko'rsatkichiga ega mahsulotni olish imkonini beradi.

Yonilg'i kul shlak chiqindilaridan foydalangan holda 75-150 markadagi qurilish g'ishtlarini pishirmasdan ishlab chiqarishni tashkil etishning real imkoniyati mavjud. Shuni ta'kidlash lozimki, bu g'ishtlar teriladigan aralashma bilan yaxshi ushlashish sifatiga ega, negaki g'ishtlarning asosini gidravlik aktiv komponentlar tashkil etadi.





Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech