Qurilish materiallarini ishlab chiqishda xom-ashyo materiali sifatida ko'mir qazib chiqarish chiqindilaridan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish
Ko'mir qazib chiqarishda ko'mir havzalari xududida 10 mln. tonnadan ziyod tarkibida 20% gacha ko'mir bo'lgan gidro qatlamlar hosil bo'lgan va bu havzalar atrof-muhitni ifloslatrigna holda juda katta ekin maydonini egallaydi. Ushbu gidro qatlamlar hozirgi vaqta hech qaerda ishlatilmaydi. Biz olib borgan tadqiqot ushbu chiqindilardan pishirilgan g'isht va sement ishlab chiqarishda foydalanishning real imkoni borligini ko'rsatadi.
Ko'mir chiqindilaridan foydalanish:
- g'isht ishlab chiqarishda yuqori texnik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan g'isht olish imkoni
beradi va ko'mir chiqindisi tarkibidagi ko'mirning yonishi evaziga yonilg'i-energiya
resurslarini tejash imkonini beradi;
- portlandtsement klinkerini ishlab chiqishda ko'mir chiqindilari to'liq yoki qisman ravishda xom-ashyo shixtasining tuproq komponentining o'rnini bosadi, bunda ular klinkerni kuydirish uchun ishlatiladigan gaz sarfini kamaytirish va pechka agregati ishini yaxshilash
imkonini beradi.
Hosil bo'lgan klinker yuqori aktivlikka ega, bunda ishlab chiqariladigan sement esa yuqori qurilish-texnika ko'rsatkichiga ega bo'ladi.
Sanoat tajriba-sinovlarini o'tkazish bilan mahalliy hom- ashyodan pardoz g'ishti, yerga yotqiziladigan plitka va keramik cherepitsa ishlab chiqarish uchun keramik massaning yangi tarkibini ishlab chiqish
Bugungi kunda respublkamizning qurilish sohasida yuqori sifatli oblitsovka va tomga yopiladigan materiallarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Shu bilan birga, respublikamiz bezak g'ishti, yerga yotqiziladigan keramik plitkalar va cherepitsa ishlab chiqarish uchun katta xom-ashyo
zahirasiga ega.
Keramik massani tarkibini to'g'ri ilmiy asoslangan holda tanlash orqali raqobatbardosh qurilish materiallarini olish bilan ularni ishlab chiqishni tashkil etish uchun real imkoniyat mavjud.
Dastlabki o'tkazilgan izlanishlar yuqori sifatli materiallarni olish imkoni borligini ko'rsatdi. Ushbu ishlab chiqarishni moliyalashtirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, respublikamiz yuqori sifatli va eksportga yo'naltirilgan bezak g'ishti, yerga yotqiziladigan plitkalar va cherepitsa bilan ta'minlanadi.