"Kvarts" AJ korxonangizni quyidagi mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha "Plyonka polietilenovaya termousadochnaya" tanlovida ishtirok etishga taklif etadi

Chop etish sanasi: 05.08.2016 y.
Muddat: gacha: 20.08.2016 y.
Ko'rishlar: 5130
Файл
Yuklab olish
Hajmi: 20.30 KB

Лот №: 1088851

1 - Plenka polietilenovaya

Batafsil ma'lumot: Plyonka polietilenovaya termousadochnaya. Davlat standarti 25951-83. Termousadkali polietilen plyonka shisha idishlarni qadoqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, eni 45, 50, 55, 60 santimetrni qalinligi esa 0,05-0,07 millimetr bo‘lish kerak. Ushbu mahsulot toza va sifatli xom-ashyodan ishlab chiqarilgan bo‘lib, 25951-83 sonli davlat standartiga javob berishi shart.

Tovar soni

O'lchov birlik

Boshlang'ich narx

20000

кг

8 500 UZS

Sotib olish shartlari va batafsil ma'lumotlar

1. “Yetkazib beruvchi”lar buyurtmadagi mahsulotlar bo‘yicha savdoda ishtirok etishda, quyidagi maxsus shartlar bilan tanishgan va savdoda g‘olib chiqqanda o‘z vaqtida bajarish majburiyatini olgan deb hisoblanadi.

2. Buyurtmadagi mahsulotning narxi QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i)siz belgilangan.

3. “Yetkazib beruvchi” elektron kontraktni O‘ZRTXB ro‘yhatidan o‘tkazgandan so‘ng, 5 kalendar kun ichida tashkilotning guvohnomasi, litsenziyasi (agar mazkur faoliyat uchun litsenziya talab qilinsa), rahbarning pasport nushasidan, mahsulotning sertifikat (sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar uchun) nusxasini, mahsulot na’munasini, mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib bera olishi to‘g‘risidagi kafolat xatini, “Yetkazib beruvchi”ning o‘zi yoki, uning rasmiy vakili shaxsan o‘zi “Buyurtmachi”ga taqdim qilishi kerak.

4. Mazkur buyurtmanoma bo‘yicha to‘lov tartibini “Buyurtmachi” tanlaydi bunda, “Buyurtmachi”, “Yetkazib beruvchi”ning omborida mahsulotlar mavjudligini ko‘rganidan yoki bilganidan so‘ng, hamda talab qilingan hujjatlarni qabul qilgandan keyin, 30-kalendar kun ichida “Yetkazib beruvchi”ning foydasiga tasdiqlanmagan, yopilmagan, chaqirib olinmaydigan, bo‘linmaydigan, to‘ldiriladigan 100 foizli akkreditivni 45-kalendar kunlik muddat bilan “Buyurtmachi”ga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limida ochadi yoki, “Yetkazib beruvchi”ning hisob raqamiga oldindan 15%li to‘lovni amalga oshiradi.

5. Yetkazib beruvchi” oldindan 15%li to‘lovni qabul qilgandan keyin, yoki uning foydasiga akkreditiv ochilib unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka xabarnoma “Buyurtmachi” banki tomonidan bu haqda xabar yuborilganidan keyin, 30-kalendar kun ichida birinchi o‘n kunlikda – 10 000 kilogramm, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda - 5 000 kilogrammdan mahsulotni “Buyurtmachi”ning omboriga yetkazib berishi shart. Bunda, “Yetkazib beruvchi” birinchi o‘n kunlikda mahsulotni to‘liq yetkazib berish huquqiga ega. “Buyurtmachi” haqiqiy yetkazib berilgan mahsulotlar uchun 5-kalendar kun ichida to‘lovlarni amalga oshirishga haqli.

6. “Yetkazib beruvchi” mahsulotlarni “Buyurtmachi”ning omboriga topshirayotgan vaqtda, “Yetkazib beruvchi”ning o‘zi yoki uning rasmiy vakili ishtirok etishi shart.

7. Agar “Yetkazib beruvchi” kontraktni O‘ZRTXB ro‘yhatidan o‘tkazgandan so‘ng, 5-kalendar kun ichida tegishli hujjatlarni (lozim bo‘lsa mahsulot namunasini) “Buyurtmachi”ga taqdim qilmasa yoki mahsulot omborida mavjudligini “Buyurtmachi” vakiliga ko‘rsatmasa, “Yetkazib beruvchi” “Buyurtmachi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun shartnomaning bandlariga asosan, penya to‘laydi. Agarda akkreditiv ochilganidan keyin 45-kalendar kun ichida akkreditivdan foydalanilmasa, akkreditiv qiymatidan kelib chiqib qonunchilikda belgilangan tartibda “Yetkazib beruvchi”dan jarima va zarar undiriladi. Majburiyat lozim darajada bajarilmasa xo‘jalik sudi orqali penya yoki jarima undirib olinadi.

8. “Yetkazib beruvchi” tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar sifati, assortimenti va navi bo‘yicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonun hujjatlarida yoki buyurtmanomada belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, “Buyurtmachi” bunday mahsulotlarni qabul qilmaslikka xaqli. Bunday hollarda “Yetkazib beruvchi” talabga javob beradigan mahsulotlarni 10-kalendar kun ichida “Buyurtmachi”ning omboriga taqdim qilishi shart.

Buyurtmachi va lot haqida ma'lumot

STIR: 200124765

Tashkilot nomi: КВАРЦ АО

Buyurtmachi manzili: Ферганская область г.Кувасай ул.Мустакиллик 2А.

Tashkilot telefon raqami: (+998) 3732628

Buyurtmachi hisob raqami: 20210000500214148001

Yetkazib berish shartlari: Продавец осуществляет доставку

Yetkazib berish muddati (kalendar kunida): 30 день (дней)

Avans to’lov summasi (foizda): 15

Avans to'lovi muddati (kalendar kuni): 30

Qolgan mablag’ summani o’tkazish muddati: 15

Garov: 5 100 000 UZS

Buyurtma berilgan sanasi: 05.08.2016

Tugash sanasi: 20.08.2016 12:42:00

Ko'rish: 194


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech