«Kvarts» AJ korxonangizni quyidagi mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha pudratchilarni tanlab olish tanlovida ishtirok etishga taklif etadi

Chop etish sanasi: 05.05.2016 y.
Muddat: gacha: 20.05.2016 y.
Ko'rishlar: 4267
Файл
Yuklab olish
Hajmi: 14.52 KB

«Kvarts» AJ korxonangizni quyidagi mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha pudratchilarni tanlab olish tanlovida ishtirok etishga taklif etadi:

1. Fuqarolik fil`trlaydigan gazniqob (protivogaz) komplekti – GP-7

GP-7 gazniqobi asab paralichiga qaratilgan zaharlovchi moddalar (zarin, zoman va b.), umumiy yo'nalishdagi zaharlovchi moddalar (xlortsian, sianid kislotasi va b.) bug'laridan, radioaktiv moddalar (yod radionuklidlari va uning organik birikmalari – yod metali va b.) ta'siridan yuqori himoyalanishni ta'minlaydi.

GP-7 gazniqobi zavodda o'rab-joylashtirilgan holda – 35-37 kg og'irlikdagi qutilarda bo'lishi shart. Har bir qutida 20 ta komplekt gazniqob o'rab-joylashtirilgan bo'ladi. Korpusning silindsimon qismi sirtiga suvga qarshi mastika (pol bo'yoq) bilan belgi qo'yilgan bo'ladi. Birinchi va ikkinchi ziglar orasiga GP-7 qutisining indeksi, ikkinchi va botuvchi choki orasida – ishlab chiqaruvchi korxonaning shartli belgisi, mahsulot chiqarilgan chorak, tegishli yilning ikkita oxirgi raqami va partiya nomeri tushirilgan bo'ladi.

Qutining indeksi ikkinchi zig va botuvchi chok orasiga tushirilgan bo'lishi mumkin, ishlab chiqargan korxonaning shartli belgisi va yilning ikkita oxirgi raqami quti tubidagi ekranga muhrlangan bo'lishi mumkin. Qutilarning markirovkasi GOST-14192 ga mos kelishi kerak. Fil`trlovchi yutuvchi quti silindr shaklida bo'lishi kerak, balandligi 8 sm dan baland bo'lmasligi, diametri 11,2 sm dan ortiq bo'lmasligi lozim. Fil`trlovchi yutuvchi quti og'zi rezbali va qalpoqchali GOST-8762-75 ga mos kelishi kerak. Fil`trlovchi yutuvchi quti uchqunga qarshi materialdan bo'lishi lozim.

Yuz qismi hajmiy niqob shaklida mustaqil obtyuratorli niqob korpusi bilan yaxlit biriktirilgan, ko'zoynak qismidan, so'zlashuv qurilmasi, nafas olish va nafas chiqarish uzellari, suyri (obtekatel`), boshga kiyiladigan qism ko'rinishidagi korpusdan tashkil topishi kerak.

Yuz qismi besh nuqtali boshga mahkamlaydigan tasmalarga ega. Yuzga mahkamlagichning pishiqligi birlashtiruvchi element – metalldan yasalgan o'zi tortiladigan tasma bilan ta'minlanadi. Yuzdagi tasmalarga plastmassdan qilingan fiksatorlar kiydirilgan bo'lishi lozim.

Gazniqoblar ishlab chiqarilgan yil 2015 yilgacha bo'lmasligi lozim.

Har bir zavod o'rovining butligi buzilmagan bo'lishi lozim.

Boshlang'ich qiymati: 51 000 000 so'm.

Buyurtmachi va lot to'g'risida ma'lumot:

- STIR: 200124765

- Tashkilot nomi: «Kvarts» AJ

- Buyurtmachi manzili: Farg'ona viloyati, Quvasoy sh., Mustaqillik ko'ch., 2A

- Tashkilot telefoni: (+998) 3732628

- Buyurtmachining shaxsiy hisob raqami: 20210000500214148001

- Yetkazib berish sharti: Sotuvchi yetkazib beradi

- Yetkazib berish muddati (kalendar kunlar): 25 kun

- Avvaldan to'lanadigan summa (foiz): 15

- Avvaldan to'lov muddati (kalendar kunlar):15

- Qolgan mablag'ni o'tkazib berish muddati: 15

- Ariza berish sanasi: 05.05.2016 y.

- Tugash sanasi:20.05.2016 y.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech