- Главная
- Faoliyat
- Tenderlar
- Barcha tenderlar
- «Qizilqumsement» AJ “7-son sement tegirmoni uchun yuqori samarali dinamik separator sotib olish”
Muddat: gacha: 15:00 01.07.2016 y.
Файл
TANLOVDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF
O'zbekiston Respublikasi
Loyiha: “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish”
Kredit nomeri: 5241-UZ
Kontrakt nomi: “7-son sement tegirmoni uchun yuqori samarali dinamik separator sotib olish”
Identifikatsiya nomeri: 03/IDA – QS
1. O'zbekiston Respublikasi Jahon Bankining “O'zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarining energiya samardorligini oshirish” loyihasini moliyalashtirishiga roziligini oldi va mablag'ning bir qismini «Qizilqumsement» AJ uchun “7-son sement tegirmoni uchun yuqori samarali dinamik separator sotib olish” kontrakti bo'yicha tegishli to'lovlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
2. «Qizilqumsement» AJ ushbu bilan qonuniy huquqqa ega bo'lgan tanlov ishtirokchilarini “7-son sement tegirmoni uchun yuqori samarali dinamik separator sotib olish” bo'yicha bekitilgan tijorat takliflarini taqdim etishlarini so'raydi.
3. Tanlovlar halqaro talablar asosida Jahon Bankining Qo'llanmasiga asosan: Jahon banki kredit oluvchilarining Rekonstruktsiya va Taraqqiyot Jahon Bankining (RTJB) zaemlari, Rivojlantirish Xalqaro Agentligi (RHA) kreditlari va grantlari bo'yicha tovar, ishlar va konsultatsiya bo'lmagan xizmatlarni sotib olish” (Xaridlar bo'yicha qshllanma, yanvar 2011 y.) amalga oshiriladi va unda Xaridlar bo'yicha ko'rsatilganidek tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan ishtirokchi qatnashishi mumkin. Bundan tashqari 1.6 va 1.7 paragraflariga murojaat etishni iltimos qilamiz, u yerda Jahon Bankining manfaatlar konfliktlariga nisbatan siyosati bayon etilgan.
4. Manfaatdor qonuniy huquqqa ega bo'lgan tanlov ishtirokchilari yanada batafsil ma'lumotni «Inter Investment Consulting» MCHJ da, Umarov Timurdan olishlari mumkinyu Bog'lanish uchun ma'lumot: telefon/faks: +998712353566, elektron pochta manzili: iic.utp@mail.ru. Shuningdek ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha quyida ko'rsatilgan manzil bo'yicha tanlov hujjatlari bilan tanishish mumkin.
5. Manfaatdor qonuniy huquqqa ega bo'lgan tanlov ishtirokchilari tanlov uchun hujjatlarning to'liq komplektini ingliz va rus tillarida quyida ko'rsatilgan manzilga yozma ravishda murojaat yo'llaganlaridan so'ng va 100 AQSH dollari yoki uning O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to'lov kunidagi kursi bo'yicha milliy valyutadagi ekvivalenti (O'zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun) miqdoridagi qaytarib berilmaydigan komissiya badalini to'laganlaridan so'ng olishlari mumkin. To'lov bank pul
o'tkazmasi orqali quyidagi hisob raqamiga o'tkazilishi lozim:
Bank hisob raqami: 20208840804716084001 (AQSH dollari)
20208000504716084001 (so'm)
Bank nomi va manzil:
“Qishloq qurilish banki” OATB Toshkent shahar hududiy filiali
Manzil: 100060, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Shaxrisabz ko'ch., 38 uy
Svift: GJSOUZ22
MFO: 00452
STIR: 300881867
Oluvchi: «Inter Investment Consulting» MCHJ
Tanlov hujjatlari ishtirok etuvchilarning elektron pochta manziliga yuboriladi.
6. Tanlov hujjatlari quyida ko'rsatilgan manzil bo'yicha 2016 yil 1 iyul kuni soat 15-00 gacha (Toshkent vaqti) yoki undan avval yetkazilishi lozim. Tanlov hujjatlarini elektron tarzda taqdim etish mumkin emas. Kech qolgan tanlov takliflari qaytarib yuboriladi. Tijorat takliflari bo'lgan konvertlarni ochish ochiq ravishda tanlov ishtirokchilarining belgilangan vakillari va qatnashish istagida bo'lgan boshqa shaxslar ishtirokida quyida ko'rsatilgan manzil bo'yicha 2016 yil 1 iyul kuni soat 15-05 da (Toshkent vaqti) o'tkaziladi.
7. Barcha tanlov takliflari 100 000 (yuz ming) AQSH dollari miqdoridagi “Garov ta'minoti” bilan birga bo'lishi lozim.
8. Yuqorida qayd etilgan manzillar quyidagicha:
Tender hujjatlarini olish va tender bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun:
Loyihani amalga oshirish guruhi nomi: «Inter Investment Consulting» MCHJ.
Kimga: Umarov Timur Pulatovichga
Manzil: Niyozbek yuli ko'ch., 1 uy, 6 qavat, 604 xona
Shahar: Toshkent
Indeks: 100035
Mamlakt: O'zbekiston Respublikasi
Telefon/faks: +99871 2353566
Elektron pochta: iic.utp@mail.ru
Sayt: www.qizilqumsement.uz , www.tenderweek.com
Takliflarni berish uchun:
Kimga: : Samatov Anvar Dilmurodovich
Manzil: Navoiy ko'ch. 3, «Qizilqumsement» AJ
Qavat va xona nomeri: Ma'muriy bino, 1 qavat, 2 xona
Shahar: Navoiy
Pochta indeksi: 210103
Mamlakat: O'zbekiston Respublikasi
Telefon: +99879 2298590+99879 2298590
Faksimile: +99879 2230566+99879 2230566
Elektron pochta manzili: anvar.samatov@gmail.com
Tanlov takliflarini berishning so'nggi muddati:
Sana: 2016 yil 1 iyul
Vaqti:soat 15-00 (Toshkent vaqti)
Konkurs takliflarini ochish uchun
Konkurs takliflarini ochish quyidagi manzilda o'tkaziladi:
Manzil: Navoiy ko'ch. 3, «Qizilqumsement» AJ
Qavat va xona nomeri: Ma'muriy bino, 2 qavat, Majlislar zali
Shahar: Navoiy
Pochta indeksi: 210103
Mamlakat: O'zbekiston Respublikasi
Telefon: +99879 2298590+99879 2298590
Sana: 2016 yil 1 iyul
Vaqti:soat 15-05 (Toshkent vaqti)