“Komplayens-nazorat” o‘quv seminari o‘tkaziladi


“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi xodimlari orasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sodir etilishi bo‘yicha nosog‘lom muhitning shakllanishining oldini olish hamda xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha 2020 yil 27 noyabr kuni soat 16.00dan 18.00ga qadar “O‘zsanoatqurlishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparati idora binosining 5-qavatidagi katta majlislar zalida “INVESTMENT AND SAPITAL MANAGEMENT” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda o‘quv seminari o‘tkaziladi.

O‘quv seminarda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparati;

“O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi;

“Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati;

“Uzbuildinvest” mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari hamda tarmoqdagi yirik sanoat korxonalari vakillari ishtirok etadilar.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech