O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 avgustdagi PQ-340-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tizimidagi ijrosi doirasida, 2022 yil 30 avgust kuni, soat 17.00da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 68a-uy manzilidagi “O‘zsanatqurilishmateriallari” uyushmasi idora binosining 5 qavatidagi majlislar zalida, Uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi”, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.

Barcha xodimlardan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech