O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi


“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatida 2021 yil 19 yanvar kuni, soat 15.00da, Uyushma ijro etuvchi apparatining 5 qavatidagi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti Samad Nematov ma’ruzasi bilan qatnashib, ushbu hujjatda belgilab o‘tilgan masalalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, shuningdek, bu sa’y-harakatlarning ijobiy samarasi yuzasidan tushuntirishlar beradi.

Tadbirga “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi, “Uzbuildinvest” investitsiya kompaniyasi rahbar va xodimlari, shu bilan birga videokonferens aloqa orqali sanoat korxonalari xodimlari taklif etiladi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech