Respublika onlayn anjumani


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F-sonli Farmoyishiga muvofiq “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yangi turdagi innovatsion qurilish materiallarini yaratishning dolzarb muammolari, shuningdek yangi turdagi innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlariga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda “Innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida 2020 yil 25 dekabr kuni soat 15:00 da respublika onlayn anjumani tashkil etish belgilangan.

Anjumanga quyidagi yo‘nalishlarda maqolalar qabul qilinadi:

  1. “Mahalliy xom ashyolar asosida yangi turdagi innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoniyatlari va salohiyati”;
  2. “Qurilish materiallari sanoatiga innovatsiyalarni joriy etishdagi muammolar va yechimlar”;
  3. “Qurilish materiallari sohasini innovatsion rivojlantirish hamda qurilish va loyihalashtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish”;
  4. “Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini oshirish va energiya tejamkorligini ta’minlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish”;
  5. “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash muammolari”.

Anjuman materiallari 2020 yil 21 dekabr soat 2100 ga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: D.Shermatov, Tel.: 71 2814162, 90 9020596
Maqola va tezislarni a.latifjonovich@mail.ru (Adham Quvondiqov Telegram uchun: +99894 5766900) manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Илова: Ахборот хати

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech