Қурилиш материаллари экспорти ошмоқда


Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallariga bo‘lgan talab nafaqat mahalliy balki, jaxon bozorlarida ham o‘sib bormoqda. Ayniqsa, gipsokarton, issiqlik saqlovchi shisha momig‘i, ohak, keramik plitkalar, gips kabi mahsulotlar eksporti yildan-yilga ortmoqda.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2020 yilning yanvar-aprel oylarida qurilish materiallari sohasi uchun eksport prognozi 42,6 mln. dollar miqdorida belgilangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich eksporter korxonalar tomonidan 55,78 mln. dollar yoki 131 %ga bajarildi.

Ushbu davrda respublika qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan 2,79 mln. dollarlik keramik plitkalar, 2,4 mln. dollarlik ohak, 2,1 mln. dollarlik gipsokarton, 3,79 mln dollar sement, 0,2 mln. dollarlik oyna va oyna mahsulotlari, 1 mln.dollarlik gul qog‘oz va boshqa turdagi mahsulot va qurilish xizmatlari eksporti amalga oshirildi.

Eksport qilingan an’anaviy bozorlar Qozog‘iston (keramik plitkalar, ohak, gipsokarton, issiqlik saqlovchi shisha momig‘i(steklovolokno) va boshqa mahsulotlar), Qirg‘iziston (keramik plitkalar, bezakli oyna, ohak va boshqa mahsulotlar), Turkmaniston (gipsokarton, gips, lenoleum, lok-bo‘yoq, qog‘oz mahsulotlari), Afg‘oniston (gipsokarton, gips, banka va butilkalar, qog‘oz mahsulotlari) kabi mamlakatlar hisoblanadi.

E’tiborlisi, eksport geografiyasi 2019 yil yakunidan boshlab Ozarbayjon (keramik plitkalar, gulqog‘oz, issiqlik saqlovchi oyna momig‘i (steklovolokno), qog‘oz mahsulotlari), Turkiya (vermikulit, mis va PVX truba va fitinglar), Rossiya Federatsiyasi (keramik plitkalar) va Ukraina (issiqlik saqlovchi oyna momig‘i (steklovolokno), truba va fitinglar, banka va butilkalar kabi mahsulotlar) kabi mamlakatlar hisobiga yanada kengaydi.

Yildan-yilga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallariga jahon bozorida talabning ortishi, mahsulotlarning sifatli va jahon standartlariga to‘la javob berishidan dalolat beradi.

Ma’lumot uchun: 2020 yilda respublika qurilish materiallari sohasiga 200,0 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport prognoz ko‘rsatkichi belgilangan.

2020 yil uchun belgilangan eksport prognoz ko‘rsatkichlarining asosiy ulushi 43 turdagi qurilish materiallariga to‘g‘ri kelmoqda, jumladan, sement, alyumin profillar, keramik plitka, ohak, gipsokarton, oyna va oyna mahsulotlari, gul qog‘oz va boshqalar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech