1 tonna sement 575,0 ming so‘mdan sotildi

News image

2–8-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida sement savdolari faol kechdi.

Hisobot davrida birjaga jami 368 448,0 tonna sement qo‘yildi. Shundan 142 476,0 tonnasi, ya’ni 38,7 foizi sotildi. Kunlik o‘rtacha sotuv hajmi 28 495,0 tonnani tashkil etdi.

Ushbu davrda sement narxida pasayish kuzatildi. Mahsulotning bir tonnasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narx 611,8 ming so‘mdan 575,0 ming so‘mgacha tushdi.

Savdolarda har kuni o‘rtacha 62 nafar xaridor ishtirok etdi.

Shuningdek, birja ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida barcha savdo platformalarida jami 38 902 ta bitim tuzilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan haftaga nisbatan 2,7 foizga ko‘p.

Bitimlarning:

49,8 foizi — birja savdolariga,

50,2 foizi — elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Umuman olganda, sement bozorida taklif hajmi barqaror saqlanib, narxlarda muayyan pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech