10 ga yaqin davlatda “O‘zbekiston savdo uyi”, shourum va savdo omborlari tashkil etildi

News image

Qurilish materiallari sanoatida joriy yilda ishlab chiqarishni 52 trln. so‘mga, eksportni 1,2 mlrd. dollarga yetkazish, sohada 2,4 mlrd. dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish, mahalliylashtirish dasturi doirasida 4,4 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida sohada 428,4 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi (o‘tgan yilga nisbatan – 116,6 foiz).

IMG_1789.jpg

Xususan, hisobot davrida Rossiyaga 107 mln. dollarlik (+10 foiz) keramik va metall buyumlar, toshdan yasalgan buyumlar (marmar va granit), PVX profil, truba va fitinglar, Qozog‘istonga 94,7 mln. dollarlik (+3,3 foiz) quruq qurilish qorishmasi, gipsokarton, PVX profil, truba va fitinglar, metall buyumlar, Qirg‘izistonga 64,4 mln. dollarlik (+1,5 barobar) PVX profil, quruq qurilish qorishmasi, gipsokarton, alyumindan qurilish materiallari, Tojikistonga 53,7 mln. dollarlik (+3,8 foiz) metall buyumlar, PVX profil, truba va fitinglar, keramik, quruq qurilish qorishmasi va gipsokarton, Ozarbayjonga 9,7 mln. dollarlik (+1,4 barobar) gulqog‘oz, metall buyumlar, PVX profil, truba va fitinglar, Turkmanistonga 9,3 mln. dollarlik (+13,2 foiz) quruq qurilish qorishmasi, gipsokarton, gulqog‘oz, oyna va undan yasalgan buyumlar eksporti amalga oshirildi.

Sohada eksport hajmlarini oshirish maqsadida Ozarbayjonning Boku, joriy yil yanvar-iyun oylarida Tojikistonning Dushanbe, Pokistonning Laxor, Afg‘onistonning Qobul va Mozori sharif, Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod, Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator, Qozog‘istonning Aktau shaharlarida O‘zbekiston savdo uyi, shourum, savdo omborlari tashkil etildi. Yuqoridagi savdo shaxobchalariga amlakatimizda ishlab chiqarilgan 50 turdan ortiq yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish materiallari joylashtirildi.

IMG_1811.jpg

Shuningdek, mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirish maqsadida “Innoprom Central Asia-2025” (28 - 30-aprel Toshkent), “Rossiya-Islom dunyosi Kazan Forum 2025” (13 – 18 may Kazan), “Made in Uzbekistan” mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi (5 – 7 iyun Tbilisi), “Turkiy davlatlar xalqaro ko‘rgazmasi” (10 – 12 iyun Boku), “Made in Uzbekistan” mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi (20 - 24-iyun Ulan-Bator) kabi biznes forum va ko‘rgazmalarda ishtiroki ta’minlandi.

Yana bir yangilik sohada ichki va tashqi bozor marketing tadqiqotlarini amalga oshirish maqsadida “Ernst&Young” xorijiy kompaniyasi jalb qilindi.

Xorijiy kompaniyaning sohaga oid xalqaro ekspertiza va amaliy tajribasidan foydalangan holda Shimoliy Amerika, Rossiya va Kavkaz, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo va Yevropa qurilish materiallari bozorini tahlil qilish, yangi eksportbop bozorlarni diversifikatsiya qilish masalalarida istiqbolli yo‘nalishlar aniqlanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech