2022-2026 yillarda 7 turdagi yangi innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi

News image

Tarmoqni yanada takomillashtirish, sohaga xorijiy investorlarni keng jalb qilish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish hamda yangi sanoat korxonalarini tashkil etish maqsadida 2022-2026 yillarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.

Dasturga ko‘ra 2026 yilga borib qurilish materiallarining eksporti 1,084 mlrd dollarga yoki 2021 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshiriladi. Asosiy turdagi qurilish materiallarining importi 2020 yilga nisbatan 60 foizga kamayib 2026 yilda 185,6 mln dollarni tashkil etadi.

Tarmoqni rivojlantirishga 2 mlrd dollarlik invenstitsiyalar jalb qilinadi.

f3ffdac549044c9a9aa963825d557dcc.jpg

Yangi investitsiya modelini amalga oshirish natijasida 2021-2025 yillarda 4,5 mln kub metr gazbeton bloklari, gipskarton listlari – 85 mln kv metr, temir-beton mahsulotlari – 8,6 mln kub metr, keramogranit – 4,5 mln kv metr, tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit va boshqa) mahsulotlari – 1,9 mln kv metr kabi yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi va 19,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Ushbu davrda mahalliylashtirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi joriy yildagidan 1,7 baravarga oshirilib 1,55 trln so‘mga yetkaziladi.

2022-2026 yillarda 7 turdagi yangi innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi:

  • 2026 yilga borib, Azbozurit ichidan 141 ming tonna asbest saralab olinadi va asbestdan qolgan 940 ming tonna chiqindi sement uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladi;
  • mahalliy tabiiy va ikkilamchi resurslar asosida yuqori sifatga ega 900 ming tonna klinkerli sement ishlab chiqariladi;
  • issiqlik elektr stansiyalarining 69 mln tonna texnogen chiqindilari (zoloshlak)dan foydalanib, 360 ming tonna yangi innovatsion zolobeton bloklari ishlab chiqariladi;
  • mahalliy xom ashyo asosidagi energiya va resurs sarfini kamaytiradigan 210 ming tonna yangi kuydirilmasdan olinadigan bog‘lovchi materiallar ishlab chiqariladi;
  • avtomobil yo‘llari qurilishida qo‘llash uchun 648 ming tonna mahalliy oltingugurtni qayta ishlash asosida 420 ming kub metr modifikatsiyalangan serobeton ishlab chiqariladi.
Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech