- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- 2024-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 3,5 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi
20 Jan 2025
580
Keyingi yillarda Davlatimiz rahbarining tashabbus va islohotlari natijasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari zamon talablari darajasida rivojlandi. Xususan, o‘tgan yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biri bo‘lgan qurilish materiallari sanoatida tub burilish davri bo‘ldi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, oxirgi 5-yilda mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilgan ijobiy islohotlar natijasida qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarda rivojlandi.
Hozirda mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 10 ming tani tashkil etadi. Ilm-fan yutuqlaridan oqilona foydalanish natijasida qurilish materiallari turi 100 taga yetkazildi.

2024-yilda 40 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi. Belgilangan reja 105,4 foizga bajarildi. Sohaning mamlakat sanoatidagi ulushi 4,8 foizni tashkil etdi.
Jumladan, 44 mln kv m - qurilish oynasi, 90 mln kv m - gipsokarton, 17,8 mln tn - sement, 52 mln kv m - keramik plitka, 365 ming tonna - quruq qurilish aralashmasi, 6 ming tonna - gulqog‘oz kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.
O‘tgan yilda sohada jami 2,2 mlrd dollarlik investitsiyalar, shundan 1,4 mlrd dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.
Sohada 2024-yilda 840 mln dollar eksport amalga oshirildi. Shu bilan birga, Tayland, Belgiya, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya va boshqa shu kabi davlatlarning bozorlarini o‘zlashtirilishi hisobiga mahsulotlar eksport geografiyasi kengaytirildi. O‘tgan yilning o‘zida qo‘shimcha 10 tadan ortiq yangi mahsulotlar eksport qilindi.

Qurilish materiallari eksportini yanada oshirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan xorijiy davlatlarda savdo uyi va omborlari ochilmoqda. Xususan, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Tojikiston davlatlarida qurilish materiallari savdosiga ixtisoslashgan “O‘zbekiston savdo uyi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-son qaroriga asosan 2024-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 3,5 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 104,5 foizga bajarilishi ta’minlandi.