27-Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2026» ko‘rgazmasi boshlandi

News image

Bugun poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma majmuasida "Qurilish – UzBuild 2026" 27-Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini namoyish etishni boshlandi. Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Ochilish marosimida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruv raisi Ilyos Raximov so‘zga chiqib, Respublika qurilish materiallari sanoati haqida ma’lumot berdi va ko‘rgazma ishtirokchilariga omad tiladi.

Joriy yilgi UzBuild 2026 ko‘rgazmasi 22 ta mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya va brendlarni bir maydonga jamlagan. Belarus Respublikasi, Germaniya, Xitoy va Turkiyaning milliy pavilonlari taqdim etilgan bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining bir qator hududlari jamoaviy tarzda ishtirok etmoqda. Shuningdek, Ozarbayjon, Belarus, Xitoy va BAAdan nufuzli delegatsiyalar tashrifi kutilmoqda.

KIR09874.jpg

KTR_8772.jpg

Ko‘rgazmaning ixtisoslashtirilgan bo‘limi «Qurilish texnikasi va texnologiyalari – BuildTech» - qurilish texnikasi, yo‘l qurilishi uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ko‘plab boshqa mahsulotlarning keng tanlovi xam ochiq maydonida namoyish qilinyapti.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida 6-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2025 o‘z ishini boshladi. Anjumanning bu yilgi mavzusi – «Yangi O‘zbekiston: g‘oyalardan keng ko‘lamli yechimlarga». Anjumanda yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari vakillari va yirik xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda. Tadbir nafaqat xorijiy tajriba bilan tanishish, balki qurilish sohasidagi mahalliy loyihalarni potensial investorlar va hamkorlar e’tiboriga yetkazish uchun samarali imkoniyatdir.

photo_2026-02-10_14-53-12.jpg 

photo_2026-02-10_14-53-17.jpg

Xalqaro anjuman doirasida ko‘rgazma va uning faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlarni yetkazish, shuningdek ko‘rgazma ekspozitsiyasi bilan tanishtirish maqsadida OAV vakillari uchun press-turlar ham tashkil etildi.

E’tiborlisi, bu yilgi ko‘rgazmada 100 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda. Jumladan, “ARTON”, “HAYAT”, “Ytong” “Ecoplit”, “BS”, “Akfa”, “Durable beton” kabi jahon bozorida o‘z o‘rniga ega milliy brendlar qatnashmoqda.

TKH08882.jpg

Eslatib utamiz, UzBuild ko‘rgazmasi va anjumanga tashrif buyurish uchun www. uzbuild.uz saytida onlayn registratsiyadan o‘tish kerak.

Xalqaro ko‘rgazma 12-fevralga qadar davom etadi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech