- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- 3 xonali uy qurish uchun qancha qurilish materiallari ishlatiladi?
9 Dec 2025
358
Bugun xususiy uy-joy qurish bozorida eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan savollardan biri – uy qurish uchun qancha qurilish materiallari sarflanadi. Bu masala nafaqat mablag‘ hisob-kitobi, balki uyning uzoq muddatli sifatliligi va energiya tejamkorligini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega.
Quyida 3 xonali, taxminan 60 kv.m maydonga ega uy uchun asosiy qurilish materiallari sarfi va ularning bozordagi o‘rni tahliliy tarzda taqdim etiladi.
Poydevor va quyma ishlari uchun;
Beton (M300–M350) - 12–15 m³
Armatura - 900–1100 kg
Qum va shag‘al - 20–25 tonna.
Bu bosqichda sifatli beton va ishonchli armatura tanlanishi uyning uzoq yillik mustahkamligini belgilaydi. Bugun bozorda mahalliy hamda xalqaro standartlarga mos mahsulotlarni taklif qilayotgan korxonalar ko‘p.
Devor ishlari uchun;
Turli variantlar bor, ammo eng ko‘p tanlanadiganlari:
• Gazobeton bloklar (20×30×60 mm) - taxminan 25–30 m³
• G‘isht - 18–20 ming dona.
Ushbu jarayonlarda yengilligi, issiqlikni ushlab turishi, tez o‘rnatilishi va qurilish muddatini qisqartirishi tufayli Gazobeton mahsuloti tavsiya etilgan.
Qurilish eritmasi va qoplamalar uchun;
• Sement - 120–150 qop
• Qum - 12–15 m³
• Shpaklyovka va suvoq materiallari - 600–900 kg.
Sifatli qurilish qoplamalari uyning estetikasi va issiqlik izolyatsiyasida asosiy rol o‘ynaydi.
Tom yopish ishlari uchun;
• Metall cherepitsa yoki bitum shifer - 80–100 kv.m
• Yog‘och lagalar - 1,5–2 m³
• Gidroizolyatsiya materiallari - 2 rulon.
Ichki qurilish ishlari uchun;
• Styajka uchun qum-sement aralashmasi - 4–5 m³
• Laminat/ keramik plitka - 60–65 kv.m
• Gipsokarton - 20–25 list
• Bo‘yoq va dekorativ qoplamalar - 150–200 m².
Nima uchun materiallar tanlovi muhim?
60 kv.m uy - iqtisodiy hisob-kitobda optimal loyiha. Lekin uning sifatli, uzoq muddatli va energiya samarador bo‘lishi tanlangan materialga bog‘liq.
Bugun O‘zbekistonda qurilish materiallari bozori jadal rivojlanmoqda:
• gazobetonda - texnologik avtonom avtoklavli liniyalar,
• gips va qurg‘oq qoplamalarda - xalqaro brendlar,
• sement va betonda - yuqori mustahkamlikka ega M-seriyalar,
• tom materiallarida - korroziyaga chidamli metall cherepitsa,
• ichki qoplamalarda - ekologik toza yechimlar kengaytirilgan.
3 xonali, 60 m² kompakt uy qurishda materiallar tanlovi va sarfi uyning sifati, uzoq umrliligi va energiya samaradorligi uchun asosiy omil hisoblanadi. Bugungi bozorda mahalliy va xalqaro standartlarga mos innovatsion mahsulotlar ko‘paygani - qurilish vaqtini qisqartiradi, xarajatlarni optimallashtiradi va sifatni oshiradi.
Qurilishni rejalashtirishda professional maslahat va taxminiy smeta olish orqali siz uyingiz uchun eng maqbul materiallarni aniqlashingiz mumkin.