- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- 7-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2026 boshlandi
11 Feb 2026
160
"Qurilish – UzBuild 2026" 27-Xalqaro ko‘rgazmasining 2-kuni 7-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2026 o‘z ishini boshladi. Anjumanning bu yilgi mavzusi – «Yangi O‘zbekiston: g‘oyalardan keng ko‘lamli yechimlarga». Bugungi sessiyalarda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati, yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari vakillari va yirik xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. "Qurilish materiallari ishlab chiqarish: yangi bosqich" mavzusida panel sessiyalarida texnologiyalar, mahalliylashtirish, sohani rivojlantirish va bozor uchun yangi yechimlar xususida so‘z yuritildi. Shu bilan birga sohada olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir nafaqat xorijiy tajriba bilan tanishish, balki qurilish sohasidagi mahalliy loyihalarni potensial investorlar va hamkorlar e’tiboriga yetkazish uchun samarali imkoniyatdir.
Joriy yilgi UzBuild 2026 ko‘rgazmasi 22 ta mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya va brendlarni bir maydonga jamlagan. Belarus Respublikasi, Germaniya, Xitoy va Turkiyaning milliy pavilonlari taqdim etilgan bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining bir qator hududlari jamoaviy tarzda ishtirok etmoqda. Shuningdek, Ozarbayjon, Belarus, Xitoy va BAAdan nufuzli delegatsiyalar tashrifi kutilmoqda.

Ko‘rgazmaning ixtisoslashtirilgan bo‘limi «Qurilish texnikasi va texnologiyalari – BuildTech» - qurilish texnikasi, yo‘l qurilishi uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ko‘plab boshqa mahsulotlarning keng tanlovi xam ochiq maydonida namoyish etilyapti.
Xalqaro ko‘rgazma 12-fevralga qadar davom etadi.