- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Andijon viloyatida yangi sement zavodi foydalanishga topshirildi
8 Sep 2021
2199
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida "RASH MILK" MCHJ tomonidan sement ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi. 40 gektar maydonda qad rostlagan korxonaning yillik quvvati 1 mln 200 ming tonnani tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati 1 trln 199 mlrd so‘mni tashkil etadi. E’tiborlisi, ushbu yangi quvvatni ishga tushirish uchun 30 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirildi.
Yangi sement zavodi Xitoy davlatidan keltirilgan energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlangan. Muhimi, korxona foydalanishga topshirilgach 800 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Mazkur loyiha amalga oshirilgach viloyatda sement mahsulotiga bo‘lgan talab deyarli qoplanadi.


