Andijonda bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

News image

Hozir kunda butun dunyoda bino va inshootlar innovatsion, yangi turdagi qurilish materiallarini qo‘llash orqali sifatli, har tomonlama qulay, energiya tejamkor tarzda bunyod etilmoqda. Xususan, rivojlangan davlatlarda so‘nggi yillarda gazobeton, bazalt armaturasi, bazalt toshi va shisha momig‘idan issiqlik saqlovchi materiallari kabi ko‘plab energiyatejamkor qurilish mahsulotlardan foydalanilyapti. Mamlakatimizda ham bu borada dunyo tajribasi qo‘llanilmoqda. Bino va inshootlarni barpo etishda issiqlik saqlovchi materiallarini qo‘llash bo‘yicha shaharsozlik normalari ishlab chiqilgan.

Ma’lumki, Respublikamizda issiqlik saqlovchi materialining uch xili ya’ni bazalt toshi, shisha momig‘i va penopleks turlaridan keng foydalaniladi.

photo_2020-10-09_12-00-07.jpg

Nafaqat mahalliy balki jahon bozorini energiyatejamkor bazalt xomashyosidan issiqlik saqlovchi plitalar bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishda yangi sanoat korxonalarini barpo etish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va viloyat hokimliklari hamkorligida ko‘plab yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023–2024-yillarda uyushma mas’ulligida bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 63,1 mln dollar bo‘lgan 3 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihalar Andijon, Navoiy va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladi. Mazkur investitsiya loyihalari ishga tushirilgach yiliga 95 ming tonna qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

photo_2020-10-09_12-00-39.jpg

Xususan, Andijon viloyatida “Everest Metal Grand” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 10 mln dollar bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu yerda yiliga 20 ming tonna bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqariladi. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 40 foizini eksport qilish rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilgach 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Hozirda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Korxona energiyatejamkor texnologiyalar bilan jihozlanadi. Uskunalarni sotib olish uchun shartnomalar imzolangan bo‘lib, moliyalashtirish ishlari davom etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona 2024-yilda foydalanishga topshiriladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech