AquaTherm Tashkent 2025 — suv, energiya va innovatsiyalar maydoni!

News image

Poytaxtimizda har yili o‘tkaziladigan muhandislik kommunikatsiyalari va ekologik yechimlar bo‘yicha eng yirik xalqaro tadbir — “AquaTherm Tashkent 2025” ko‘rgazmasi start oldi.

Bu ko‘rgazma mamlakatimizda isitish, ventilyatsiya, konditsionerlash (HVAC), suv ta’minoti, sanitar texnika, ekologik toza energiya manbalari va suv resurslarini tejash texnologiyalari sohalaridagi so‘nggi yangiliklarni namoyish etadi.

20251007_114207.jpg

20251007_114429.jpg

“AquaTherm Tashkent 2025” nafaqat ishlab chiqaruvchilar uchun, balki muhandislar, arxitektorlar, developerlar va qurilish sohasi mutaxassislari uchun ham muhim platforma hisoblanadi. Ko‘rgazmada 12 dan ortiq mamlakatdan kelgan yetakchi kompaniyalar, texnologik brendlar va injenerlik tizimlari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etmoqda. Tadbir davomida yangi mahsulotlar taqdimoti, B2B uchrashuvlar, hamkorlik va investitsiya imkoniyatlari, ilg‘or tajribalar va trendlar bilan tanishish mumkin.

20251007_114435.jpg

20251007_114539.jpg

AquaTherm Tashkent 2025 — bu faqat ko‘rgazma emas, balki:

mamlakatimiz infratuzilmasi rivoji uchun amaliy qadam,

suv va energiya resurslarini tejash bo‘yicha innovatsion yechimlar markazi,

muhandislik kommunikatsiyalarida yangi standartlar va hamkorlik platformasidir.

Bu tadbir orqali O‘zbekiston xalqaro bozorda o‘z pozitsiyasini mustahkamlab, “yashil iqtisodiyot” va energiya tejamkor texnologiyalar sari ishonch bilan qadam tashlamoqda.

Ko‘rgazma 9-oktyabrgacha davom etadi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech