“ARTON” kompaniyasining gazobeton bloklari 9+ intesivlikdagi balga seysmik bardoshli deb topildi

News image

Poytaxtimizdagi Turin Politexnika Universiteti Texnoparki poligonida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan birgalikda “ARTON” kompaniyasining gazobeton bloklarida terilgan devor zilzilabardoshliligi sinovdan o'tkazildi. Sinov bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Yani past tebranishdan yuqori tebranishgacha tekshirildi.

IMG_9341.jpg

IMG_9342.jpg

Texnopark poligonida gazobeton bloklaridan barpo etilgan konstruksiyaning seysmik mustahkamligini  bir qator ekspertlar, xususan, "ToshuyjoyLITI" AJ bo'lim boshlig'i- akademik Shamil Hakimov, “Oʻzogʻirsanoat loyiha” AJ bosh muhandisi Vyacheslav Makarov, Texnik me'yorlash va  standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Abulqosim Abduholiqov, vazirlik Loyiha faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Farhod Axunov va boshqalar ishtirokida sinovdan oʻtkazdi. Dastlabki xulosalarga ko'ra, mazkur konstruksiya 9+ intesivlikdagi balga seysmik bardoshli deb topildi.

IMG_9345.jpg

IMG_9346.jpg

Ma’lumot uchun, mazkur materialdan barpo etilgan konstruksiya ikkinchi marotaba sinovdan oʻtkazilayotgan boʻlib, dastlabki xulosalarga ko'ra, rixter shkalasi boʻyicha 9+ ballga chidamli deb topilgan.

IMG_9350.jpg

Gazablok - an'anaviy turdagi materiallarga nisbatan bir qator afzalliklari bilan qurilish sohasi bozorida mustahkam oʻrin egallab kelayotgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. U bugun energiya tejovchi, ekologik toza va mustahkam binolarni qurishda keng qo'llanila boshladi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech