- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Avtoklavdan chiqqanidan keyin namlik qancha bo‘ladi?
18 Feb 2026
155
Avtoklavlangan gazoblok avtoklavdan chiqqan paytda o‘rtacha 25–40% (og‘irlik bo‘yicha) namlikka ega bo‘ladi.
Zavoddan jo‘natish vaqtida odatda bu ko‘rsatkich 20–35% atrofida bo‘ladi.
Gazoblok namlikni qancha vaqtda yo‘qotadi?
Tabiiy sharoitda (ochiq havoda, shamollanish yaxshi bo‘lsa):
• 1 oyda namlik kamayib 20-35% gacha tushadi.
• Agar hovli devoriga to‘siq sifatida ishlatilsa, ochiq havoda uzoq vaqt turganligi sababli 1,5-2-yilda o‘z vazniga nisbatan namlik 4–6% ga tushadi.
Albatta, bu iqlimga bog‘liq.
O‘zbekiston sharoitida (issiq va quruq iqlimda) qurish jarayoni ancha tez kechadi.
Avtoklavdan keyin qancha vaqt saqlash kerak?

Aslida gazoblok:
Avtoklavdan chiqqanidan keyin 3–7 kun ichida mustahkamligi yetarli darajaga yetadi.
Odatda zavodlar mahsulotni 28 (sutka) kundan keyin sotuvga chiqaradi.
Ya’ni, gazoblok avtoklavdan chiqqanidan so‘ng qo‘shimcha “uzoq quritish” talab qilmaydi — u ishlatishga tayyor hisoblanadi.
Lekin muhim jihat:
• Agar blok juda nam holda devorga qo‘yilsa, binoda ichki namlik biroz yuqori bo‘lishi va suvoq uchun biroz kutish kerak bo‘ladi.
• Shuning uchun devor ko‘tarilgandan keyin fasad ishlarini shoshmasdan bajarish maqsadga muvofiq.
Eng to‘g‘ri saqlash usuli
• Poddonda saqlash
• Yerga bevosita qo‘ymaslik
• Ustini plyonka bilan yopish (yog‘ingarchilikdan himoya qilish uchun)
• Lekin pastki qismi shamollatilishi kerak