- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “Bandikhon Birlashma” MCHJ — mahalliy xom ashyo asosida raqobatbardosh qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona
“Bandikhon Birlashma” MCHJ — mahalliy xom ashyo asosida raqobatbardosh qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona
28 Jan 2026
140
Bugungi kunda O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu yo‘nalishda faol ish olib borayotgan ishlab chiqarish korxonalaridan biri — “Bandikhon Birlashma” mas’uliyati cheklangan jamiyatidir.
“Bandikhon Birlashma” MCHJ O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs bo‘lib, qurilish materiallari ishlab chiqarish va sanoat ta’minoti sohasida faoliyat yuritadi. Kompaniya o‘z ishlab chiqarish faoliyatida mahalliy xom ashyo bazasidan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda beton markasini karra oshirish imkonini beruvchi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni ustuvor maqsad qilib olgan.
Korxona quyidagi yo‘nalishlarda mahsulot va xizmatlar taklif etadi:
• qurilish materiallari ishlab chiqarish;
• keramzit va keramzit asosidagi mahsulotlar;
• gips va gips asosidagi qurilish mahsulotlari;
• sanoat va qurilish sohasi uchun xom ashyo hamda yarim tayyor mahsulotlar;
Kompaniyaning bozordagi barqaror o‘rni quyidagi omillar bilan izohlanadi:
• mahalliy xom ashyo manbalariga yaqin joylashuv;
• logistika jihatdan qulay hududda faoliyat yuritishi;
• ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich kengaytirish imkoniyati;
• standartlashtirish va sifat nazoratiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish siyosati.
“Bandikhon Birlashma” MCHJning yuridik va ishlab chiqarish bazalari O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Bandixon va Qumqo‘rg‘on hududlarida joylashgan. Korxona respublika hududlari bilan avtomobil yo‘llari orqali bog‘langan bo‘lib, Qumqo‘rg‘on logistika bazasi orqali temir yo‘l infratuzilmasiga yaqin joylashgan. Bu esa mahsulotlarni ichki bozorga tez yetkazib berish va eksport salohiyatini oshirish imkonini yaratadi. Asosiy eksport yo‘nalishlari qatoriga Afg‘oniston, Markaziy Osiyo davlatlari va qo‘shni mintaqaviy bozorlar kiradi.
“Bandikhon Birlashma” MCHJ — zamonaviy ishlab chiqarish yondashuvlari, qulay logistika va aniq strategik maqsadlarga ega bo‘lgan, O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatida munosib o‘rin egallayotgan korxona hisoblanadi. Kompaniya ichki bozor talablarini qondirish bilan birga, xalqaro hamkorlik va eksportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda.