Birja savdolarida 33,2 ming tonna sement sotildi

News image

15-21-dekabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning savdolariga 300 448,0 tonna sement qo‘yildi va undan 33 260,0 tonnasi, yaʼni 11,1% qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 6 652,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sement bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 661,7 ming so‘mdan 651,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 43 nafar xaridor ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 48 897 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 33,1% ga ko‘pdir. Ularning 25,9% birja savdolariga, qolgan 74,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 190,2 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech