- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Birja savdolarida o'tgan haftada 178 ming tonna sement sotilgan
1 May 2025
478
O‘tgan hafta davomida, yaʼni 21-27-aprel kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 49 782 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 4,3% ga kamdir. Ularning 46,1% birja savdolariga, qolgan 53,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 119,1 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 178 928,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 35,8 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 623,0 ming so‘mdan 616,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 68 nafar xaridor ishtirok etdi.