- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Birja savdolarida o‘tgan yilga nisbatan sement narxida 20 foiz tushish kuzatildi

24 Jun 2024
926
Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov “Qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish va narx tahlili” haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, 2024-yilda sohada 37,9 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Belgilangan reja 111 foizga bajariladi. 2024-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 2 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 104,5 foizga bajarilishi ta’minlanadi.
Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat korxonalari tomonidan yanvar-may oylarida 15 mln kv m - qurilish oynasi, 31,9 mln kv m - gipsokarton, 6,4 mln tn - sement, 1,2 mln o‘ram gulqog‘oz, 15,7 mln kv m - keramik plitka kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.
Hozirda Respublikada 39 ta sement zavodlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning yillik quvvati 37,8 mln tonnani tashkil etadi. O‘tgan hisobot davrida 6,44 mln tonna M-400 va M-500 marka portland sement ishlab chiqarilgan.
O‘tgan 5 oyda eng ko‘p keramik plitka "Sirdarya Ceramic Production" MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan.
Ayni paytda mamlakatimizda 26 ta gipsokarton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 151 mln kv.metrni tashkil etadi. Respublikada gipsokarton mahsulotiga bo‘lgan talab esa 66 mln kv. metr.
Ishlab chiqarish hajmining yuqori o‘sishi qurilish oynasida kuzatildi. Ayni paytda Respublikada 700 dan ortiq temir-beton ishlab chiqaruvchi korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yana bir ma’lumot, 2024-yilning 17 yanvar kuni «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-14-sonli prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yilning 1-may kunidan e’tiboran Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilindi.
Moratoriy e’lon qilingandan so‘ng asosi chaqiq toshlar bo‘lgan quyma va temir-betonlar va qum-shag‘allarda narxida biroz o‘sish kuzatildi. Xususan, 1 kub qumning narxi hozirda 150 ming so‘mni, chaqiq tosh narxi esa bugungi kunda 80 ming so‘mni tashkil etmoqda. Qum va chaqiq toshning ichki bozorda narxi oshganligi, biroq birjada sementning narxi tushganligi sababli M-200 markali 1 kub metr tayyor betonning tannarxi o‘rtacha 49 ming so‘mga oshgan.
O‘tgan hisobot davrida birjada bir tonna portland sementning o‘rtacha narxi 508 min so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga arzonlashgan.
Hozirda 1 list gipsokartonning o‘rtacha narxi o‘rtacha 22 ming so‘mni tashkil etmoqda. Yanvar-may oylarida tovar-xom ashyo birjasida qurilish oynasining qalinligi 3,5 mm bo‘lgan 1 kv. metri o‘rtacha 27 min so‘mdan sotilgan.