Birja savdolarida sement narxida pasayish kuzatilmoqda

News image

27-oktabr – 2-noyabr kunlari birja savdolarida sement bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 642,3 ming so‘mdan 578,2 ming so‘mgacha pasaydi. Savdolarda har kuni o‘rtacha 84 nafar xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birjaga 655 889 tonna sement qo‘yildi va undan 247 448,0 tonnasi, yaʼni 37,7% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 49 490 tonnani tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta davomida, yaʼni “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 38 027 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 6,0% ga kamdir. Ularning 39,8% birja savdolariga, qolgan 60,2% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 150,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech