- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Birja savdolarida sement narxida pasayish kuzatilmoqda
20 Jan 2026
148
O‘tgan hafta davomida, ya’ni 12-18-yanvar kunlari birja savdolariga 308 575 tonna sement qo‘yildi va undan 59 327,0 tonnasi, ya’ni 19,2% qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 11 865,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sement bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 592,0 ming so‘mdan 562,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 46 nafar xaridor ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 27 859 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 65,1% ga ko‘pdir. Ularning 51,8% birja savdolariga, qolgan 48,2% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 93,1 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.