Biznes inkubator tashkil etildi

News image

"Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish" hududiy biznes inkubatori O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qo‘shma loyihasidir.

HBIni faollashtirish qo‘yidagi maqsadlarga ega:

  • Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligi korxonalarini iqtisodiyotning yangi tarmoqlariga jalb etish;
  • Farg‘ona vodiysining iqtisodiy salohiyati va bandlik imkoniyatlari, qishloq tadbirkorlari uchun iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘llarini yoritish;
  • Respublikada qishloq tadbirkorligini keng joriy etish;
  • Mahalliy kompaniyalarning ishlab chiqarish hajmini respublika va xalqaro savdo maydonchalariga kengaytirishga ko‘maklashish;
  • Yuqori salohiyatli tarmoqlardagi (agrar, oziq-ovqat, turizm, to‘qimachilik/tikuvchilik sanoati, kichik ishlab chiqarish) mikrofirma va kichik korxonalarning moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida tadbirkorlarning xabardorligini oshirish.
Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech