Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O. Choriyev Surxondaryoda tadbirkorlar bilan uchrashdi

News image

Bojxona organlari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida joylarda sayyor uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O. Choriyev Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan “Surxon Bazalt” MChJda korxona rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Loyiha qiymati 26 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu korxona bazalt xom ashyosidan yiliga 20 ming tonna mineral vata ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 320 nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlagan.

photo_2026-02-24_11-51-52 (2).jpg

photo_2026-02-24_11-51-52 (3).jpg

photo_2026-02-24_11-51-52.jpg

Uchrashuv davomida O. Choriyev Prezidentimizning “Bojxona ma’murchiligi va tashqi savdo tartiblarini yanada soddalashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-250-sonli Farmoni bilan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ham ma’lumot berdi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech