- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev “Kvarts” AJ faoliyati bilan tanishdi
2 Feb 2026
167
29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduxakimovich Xodjayev “Kvarts” AJga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish maydonlari ko‘zdan kechirildi hamda “Kvarts” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan va istiqboldagi asosiy investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.


Muhokamalar yakunida quyidagi muhim loyihalarni amalga oshirish ma’qullandi:
sutkalik quvvati 200 tonna bo‘lgan oyna ishlab chiqarish liniyasini 350 tonnagacha oshirish orqali ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish;
yillik quvvati 5 mln kvadrat metr bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli, energotejamkor (Low-E) silliqlangan oyna ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyihasi.

Mazkur loyihalar zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, korxona quvvatlarini sezilarli darajada kengaytirishga xizmat qiladi. Бу эса “Kvarts” AJнинг ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlashga imkon beradi.