Buloqboshi tumanida yangi yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi

News image

Buloqboshi tumanida “Jo‘ydam Ta’mir Invest” O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 350 million AQSH dollari bo‘lgan yangi sanoat va qurilish loyihasi amalga oshirila boshladi.

Loyiha doirasida polipropilen qoplar, shifer, gazablok, tayyor beton hamda yo‘lak plitkalari ishlab chiqarish korxonalari barpo etilishi, shuningdek logistika markazi va “Buloqboshi city” qurilish loyihalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

photo_2025-11-06_10-19-11.jpg

photo_2025-11-06_15-10-10.jpg

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy iqtisodiyot salohiyatini oshirish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.

photo_2025-11-06_15-10-41.jpg

Qurilish ishlarining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda qo‘shma korxona vakillari, tuman hokimligi mas’ullari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech